Yegin Vladimir Nikolayevich (1952-yil Moskva shahrida tugʻilgan) — SSSR Shaxmat ustasi, Oʻzbekiston chempioni, Xalqaro toifadagi Grossmeyster, Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiyi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni sohibi boʻladi.
Faoliyati Yegin Vladimir 1974—1976-yillarda Oʻzbekiston Davlat suv xoʻjaligi va melioratsiya loyihalashtirish-qidirish va ilmiy-tekshirish instituti muhandisi sifatida ish boshlaydi. 1976—1984–yillarga kelib esa u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining „Kibernetika“ instituti katta muhandisi sifatida davom ettirdi. 1984—1992-yillarga kelib Rossiya Federatsiyasi „Krasnaya Zarya“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi katta ilmiy xodimi ish faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Undagi shaxmatga boʻlgan qiziqish va salohiyat 1992—1994-yillarda Oʻzbekistonda Yangiyoʻl shahar oʻquvchilar uyi shaxmat murabbiysi boʻlib ishini davom ettirishga sababchi boʻldi. Oradan ikki yil oʻtgach esa 1994—1996-yillarda Toshkent viloyat shaxmat maktabi murabbiyisi sifatida ishini davom ettirdi. Uning bu sohadagi yetuklik darajasini hisobga olgan holda 1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida faoliyatini davom ettirishga toʻgʻri keldi. Biroz tanaffusdan soʻng 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida yana ishini davom ettirdi. 2008—2017-yilga qadar esa Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi katta murabbiyi boʻlib shaxmatchilar mahoratini oshirishga hissa qoʻshdi. 2017—2019-yillarda Shaxmat boʻyicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari Respublika bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi boʻlib yoshlarga taʼlim bergach, uning sohadagi yutuqlarini va tajribasini hisobga olgan holda 2019-yilda Xalqaro Shaxmat Akademiyasi murabbiyi sifatida tan olindi.
Eʼtirof Yegin Vladimir 1995-yilda Xalqaro sport ustasi darajasini oldi, 1979-yil shaxmat boʻyicha SSSR sport ustasi , FIDE murabbiyi (2012). Shaxmat boʻyicha 1979-yilgi Oʻzbekiston SSR chempionati gʻolibi (17 balldan 12,5 ball) boʻldi. 2007-yillardagi Oʻzbekiston chempioni, 2007-yilda u Timur Gareyev va Anton Filippov bilan birga 13 balldan 9,5 ball toʻpladi. 2009-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 1998-yilda shaxmat boʻyicha olimpiadalar, jamoaviy jahon chempionati va Osiyo jamoaviy chempionatlari ishtirokchisidir. Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi Yegin Vladimir Nikolayevich Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Maksimal reyting — 2476 (2002-yil yanvar). Natijalar +YilShaharMusobaqa+−=NatijaOʻrni1973OdessaSahxmat ustalari musobaqasi1977ТoshkentOʻzbekiston SSSR chempionatiToshkentMemorial A. Xodjaeva72610 iz 152—5Yutuq I. V. Ivanov.1978ToshkentOʻzbekiston SSSR chempionati1979ToshkentOʻzbekiston SSSR chempionati12½ iz 171MoskvaSSSR xalqlarining VII Spartakiadasi (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi)1985ToshkentA. Xodjaev xotirasi1996YekaterinburgG. V. Bastrikov xotirasi2344 iz 96—7Yutuq A. Y. Vaulin.1997MoskvaG. A. Goldberg xotirasi6½ iz 136—8YutuqYe. Ye. Vorobiyev va B.Annakov.Sankt-PeterburgM. I. Chigorin xotirasiPobedil K. R. Sakaev.1998GentingJamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati(Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi)6016½ iz 7ЭлистаXXXIII Olimpiada (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi)2233½ iz 7OrolShaxmat boʻyicha xalqaro turnir6½ iz 138—9Pobedil S. G. Kalugin.2001KalkuttaOsiyo ChempionatiYerevanShaxmat boʻyicha jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi)1032½ iz 42004KalviyaXXXVI Olimpiada (sbornaya Oʻzbekiston)0252½ iz 72007ToshkentG. T. Azamov xotira turniri5226 iz 9ToshkentOʻzbekiston Chempionati6079½ iz 131—32009ToshkentG. T. Azamov xotira turniriToshkentOʻzbekiston Chempionati7½ iz 123—4Yutuq J. Hamroqulov2011ToshkentG. T. Azamov xotira turniri2012ToshkentG. T. Azamov xotira turniri2013ToshkentG. T. Azamov xotira turniri2014ToshkentG. T. Azamov xotira turniri2015ToshkentG. T. Azamov xotira turniriOlmaotaOʻrta Osiyo Kubogi2016Аbu-DabiOsiyo Millatlar KubogiToshkentG. T. Azamov xotira turniri2017ToshkentG. T. Azamov xotira turniri
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Sovet shaxmatchilari Turkum:Oʻzbekistonlik chempionlar