Zehra Topel (1987-yil 13-aprelda tugʻilgan) — turk ayol shaxmatchisi. 2007-yilda u FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga loyiq deb topilgan.
Topel 1987-yil 13-aprelda Bolgariyaning Shumen shahrida turk oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Cengiz Topel shaxmat boʻyicha murabbiy, onasi Vildan hamshira boʻlib ishlardi. U sakkiz yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan, onasi Zehraning amakivachchasiga shaxmat taxtasini sovgʻa qilganda Zehra ham bu oʻyinga qiziqib qolgan. Zehraga otasi murabbiylik qilib, shaxmat oʻynashni oʻtgatgan. U 1997-yilda otasi bilan Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtdi, onasi esa Bolgariyada Zehraning katta singlisi Hatice bilan birga qoladi. Zehra Turkiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan, ammo fuqarolikka kirish uchun toʻrt yil kutishga toʻgʻri kelgan. 2000-yilda Zehra Topel Turkiya fuqaroligini oldi.
1995-yildan 1997-yilgacha Zehra Topel ikki yil davomida Bolgariyada oʻtkazilgan oʻz yosh toifasida koʻplab unvonlarni qoʻlga kiritdi. Biroq, Turkiyadagi dastlabki toʻrt yil davomida unga Turkiya vakili boʻlishga ruxsat berilmagan. U fuqarolikka qabul qilinishdan oldingi vaqtini uyda mashq qilish orqali oʻtkazdi, chunki u rasmiy milliy turnirlarda oʻynash ruxsatnomasiga ega boʻlmagan edi va faqatgina norasmiy turnirlarda ishtirok etar edi
U 2003-yil oktabr oyida Livanda boʻlib oʻtgan 1- Oʻrta yer dengizi ayollar chempionatida kumush medalini qoʻlga kiritdi 2007-yilda esa Xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 2009-yilda Zehra Topel Turkiya chempionatida 8/9 hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi va faqat koʻp sonli turk chempioni WIM Betül Jemre Yildizga yutqazdi... U bir vaqtning oʻzida shaxmat oʻynaydi.
Zehra Topel Bolgariyadagi Shumendagi sobiq pedagogika instituti Anglitika kursida tahsil olgan. Keyinchalik Istanbul Kultur universitetida shaxmat boʻyicha stipendiya gʻolibi boʻlgach usha oliy taʼlim muassasasida tahsil oldi.
Yutuqlar
Shaxmat boʻyicha Turkiya chempionati (ayollar toifasida)
2001-yil U14 — chempion 2003-yil U16 — chempion 2007-yil — chempion 2009-yil — 2-oʻrin
Shaxmat boʻyicha Yevropa chempionati
2002-yil — 7-oʻrin 2003-yil oʻsmirlar chempionati gʻolibi
Oʻrta yer dengizi shaxmat chempionati
2003-yil - medal
Manbalar
Havolalar
Zehra Topal at Tam Satranç Zehra Topel player profile and chess games at Chess-DB.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar