Filip Uremovich (1997-yil 11-fevralda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Bundesliganing "Gerta" klubi va Xorvatiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati Uremovich Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasidagi debyutini 2016-yilning 17-iyulida “Xayduk Split”ga qarshi oʻyinda “Cibalia”da oʻtkazdi.
2018-yilning 4-iyunida Uremovich Rossiya Premer-ligasi vakili Qozonning “Rubin” klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2022-yil 13-mart kuni Uremovichning “Rubin” bilan shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bogʻliq FIFAning yangi qoidalariga koʻra, 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻxtatildi. Ushbu qoidalar Rossiyadagi xorijlik futbolchilarga 2022-yilning 30-iyuniga qadar vaqtincha Rossiyadan tashqaridagi klub bilan shartnomasini toʻxtatib qoʻyishga ruxsat beradi. “Rubin” himoyachisi Filip Uremovich faoliyatini “Gerta”da davom ettiradi. Xorvatiyalik futbolchi Berlin klubiga tekinga oʻtadi. "Gerta" matbuot xizmati xabariga koʻra, 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2026-yilgacha moʻljallangan. “Rubin” joriy mavsumni 15-oʻrinda yakunladi va RPLdan chiqib ketdi. "Gerta" Germaniya chempionatida 16-oʻrinni egalladi va "Gamburg" bilan pley-offda (0:1, 2:0) birinchi Bundesligada yashash uchun ruxsatnomani saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.«Sheffild Yunayted» matbuot xizmati «Rubin»ning xorvatiyalik himoyachisi Filip Uremovichning transferi haqida elon qildi. Tomonlar joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolashdi. Oldinroq Qozon klubi futbolchi bilan shartnomani toʻxtatganini malum qilgandi. Sheffild hozirda Angliyaning ikkinchi eng kuchli chempionati - Chempionshipda oʻynaydi. Jamoa 38 uchrashuvda 61 ochko bilan 5-oʻrinda bormoqda. Qozonning “Rubin” klubi 2021-22- yilgi mavsum oxirida Rossiya Premer-ligasidan tushib ketdi va Uremovich oʻz shartnomasida quyi ligaga tushib qolgan taqdirda erkin agent boʻlish imkonini beruvchi bandni faollashtirdi. Keyin Germaniyaning Herta BSC klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro karyera Uremovich Xorvatiya terma jamoasidagi debyutini 2020-yil 8-sentabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Fransiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U oʻyinni boshladi va safarda 4:2 hisobidagi magʻlubiyatning dastlabki 57 daqiqasini oʻynadi.
Yutuqlar
Olimpiya Lyublyana
Sloveniya PrvaLiga : 2017–18 Futbol boʻyicha Sloveniya kubogi : 2017–18
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari