Afanasia Tsoumeleka ( , oʻqilishi [athanaˈsia tsumeˈleka]; 1982-yil 2-yanvar Preveze shahri) yunon poygachisi. U 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Hayoti Athanasia Tsoumeleka 1982-yil 2-yanvarda Gretsiyaning Preveze shaharchasida tugʻilgan
2003-yilgacha Tsoumeleka deyarli mashhurlikka erisha olmagan sportchilardan biri edi va u oʻsha yili Jahon chempionatida yettinchi oʻrinni egallaydi. Hammani hayratda qoldirgan holda, Athanasia Tsoumeleka oʻz mamlakatida boʻlib oʻtgan 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medali uchun kurashda rossiyalik poygachi Olimpiada Ivanova (kumush medali) va avstraliyalik Jeyn Savilni (bronza medali) ortda qoldiradi. Yakuniy natijaga koʻra u mazkur musobaqada Gretsiya hisobiga bitta oltin medali kirishiga sabab boʻladi.
CERA testidagi ijobiy natija va diskvalifikatsiya qilinishi 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Afanasia Tsoumeleka 20 kmga yurish bahslarida 9-oʻrinni egalladi. Oʻyinlar tugagandan soʻng, 6-avgust kuni u bergan siydik namunasi CERA uchun yangi testdan oʻtkazilganda eritropoetin moddasiga ijobiy natija berdi. Tsoumeleka protseduraning haqiqiyligiga shubha bildirdi va keyin darhol sportni tark etishini eʼlon qildi. 2009-yil 29-aprelda Tsoumeleka 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari paytida olingan qon namunasidagi testda CERA uchun ijobiy natija bergani eʼlon qilindi. Athanasia Tsoumelekaning „B“ namunasi ham CERA uchun tarzda sinovdan oʻtdi. 2009-yil 18-noyabrda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Athanasia Tsoumelekani 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida doppingdan foydalanishda ayblab, 20-ayollar oʻrtasidagi atletlar musobaqasidan diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.
2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarida 20 kmga yurish musobaqasida Athanasia Tsoumeleka 9-oʻrinni egalladiIOC Disciplinary Commission Decision (18 November 2009) „IOC source: IOC sanctions five athletes who competed in Beijing“ International Olympic Committee.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Poygachilar