Tyias Charlz Browning (1994-yil 27-mayda tugʻilgan), shuningdek Jiang Guangtai nomi bilan tanilgan (), Xitoy Superligasi klubi Guangzhou FC himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan, 2021-yildan beri Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Browning markaziy himoyachi sifatida oʻynashdan tashqari, oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi.

Yoshlar jamosi Browning Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan„Tyias Browning“ . . U oʻzining sobiq Wigan Athleticdagi jamoadoshlari Li Nikolls va Jek Fillips bilan bir maktabda oʻqigan. U Xitoy terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan, buning sababi uning onasi tomonidan bobosi Ying-Ving Chiang (1939—1992), Angliyaning Maklesfild shahrida oshpaz boʻlib ishlagan, Xitoyning Sinxuy okrugidagi Meige qishlogʻidan Angliyaga koʻchib kelgan. Uning ona tomondan bobosi qora tanli britaniyalik ayolga uylangan. 2019-yilda Browning Xitoy fuqaroligini qabul qilgan.

Klubdagi faoliyati

Everton link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/40/Tyias_Browning_2011.jpg/170px-Tyias_Browning_2011.jpg|left|thumb| Browning 2011-yil iyul oyida „Everton“ safida mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻynagan. Browning „Everton“ga 2004-yilda oʻn yoshida kelib qoʻshilgan. Bungacha u „Everton“ga oʻtgunga qadar sakkiz oy davomida mahalliy jamoada oʻynagan. „Everton“ yoshlar jamoasida oʻtganidan soʻng, Browning klub zaxirasida oʻynay boshlagan va u yerda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. Keyin u 2010/11-yilgi mavsumda Everton Reservesga U18 Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan.

Browning klub zahirasida rivojlanib, u yerdagi faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan.

Guangzhou Evergrande 2019-yilning 20-fevralida Browning nomaʼlum toʻlov evaziga Xitoy Superligasining „Guangzhou Evergrand“ klubiga oʻtgan. 2019-yilning 5-martida u OChL-2019 doirasida Yaponiyaning „Sanfrecce Hirosima“ jamoasiga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub safida debyut qilgan.

Shanghai Port F.C. 2022-yilning 22-avgustida Browning Xitoy Superligasining „Shanhay Port“ klubigaoʻtgan.

Xalqaro faoliyati Brownning Angliyani 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifada himoya qilganTyias Browning at TheFA.com.

2010-yilda Browning toʻrt marta, Angliya U17 uchun maydonga tushgan, jumladan, Nordic turniriga chaqirilgan.

2013-yil mart oyida Browning Angliya U19 terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan va Turkiya U19 terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.

2014-yilning may oyida Browning birinchi marta 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirilgan. 2014-yil 22-may kuni Browning Angliya U21 terma jamoasida debyut qilgan va oʻyinda Qatar U21 ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Browning 2020-yilda Xitoy terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan, ammo xalqaro maydondagi debyutini 2021-yil 30-may kuni Guamga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyinida oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolEverton2012-13Premier Liga000000——002013-14000000——002014-1520000010—302015-16500010——602016-17000000——002017-18000000——002018-19000000——00Jami70001010—90Wigan Athletic (Ijara)2013-14Championship200000——20Preston North End (Ijara)2016-17Championship800000——80Sunderland (Ijara)2017-18Championship2701010——290Guangzhou Evergrande2019Xitoy Super Ligasi4010—80—130202017000—40—210202119000—00—19020228000—00—80Jami480100012000610Karyerada jami9202020130001090

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyinlarGollar 2021 9 0 2022 2 0 Jami 11 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar