Ernesto Alexis Vega Roxas (1997-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX klubi Guadalajara va Meksika terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydiErnesto Vega Liga MX Profile.

Klubdagi faoliyati

Toluca Vega 2016-yilning 27-fevralida „Pachua“ga qarshi ligasi oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan. 5-aprel kuni u Toluca uchun birinchi professional golini Libertadores kubogida Ekvadorning LDU de Quito klubiga qarshi oʻyinda kiritgan, oʻyin 2:1 hisobida yakunlangan va Toluca turnirning 1/8 finaliga yoʻllanma olgan. 16-aprel kuni Vega ligadagi dastlabki dublini Verakrusga qarshi oʻyinda kiritgan.

Guadalajara 2018-yilning 8-dekabrida Vega Guadalajaraga 9 million dollar evaziga oʻtayotgani eʼlon qilingan va bu transfer klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylangan.

2019-yil 16-fevralda oltita oʻyinda hech qanday golsiz oʻynab, ketma-ket uchta oʻyinni gʻalabasiz oʻtkazgan Vega shaharlik raqibi „Atlas“ga qarshi oʻyinda (3:0) 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan, bu oʻzining faoliyatidagi ilk xet-trikiga aylangan.

2021/22-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Vega 10-raqamli libosda maydinga tushishi aniq boʻlgan.

Xalqaro faoliyati Vega terma jamoadagi debyutini 2019-yil 26-mart kuni Gerardo Martino qoʻl ostida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida, 78-daqiqada Xaver Ernandesning oʻrniga maydonga tushgan holda boshlagan.

2019-yil may oyida Vega 2019-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogining vaqtinchalik roʻyxatiga kiritilgan va keyinchalik yakuniy roʻyxatdan ham joy olgan. Birinchi guruh bosqichida Kubaga qarshi oʻyinda u milliy terma jamoa bilan 7:0 hisobida gʻalabaga erishgan va bu oʻyinda oʻzining terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. Meksika turnirda gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi

Klub Klub Mavsum Liga KubokQitʼa Boshqa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Toluca 2015-16 Liga MX 10 2 — 5 1 — 15 3 2016-17 12 1 2 0 — — 14 1 2017-18 17 3 7 2 — — 24 5 2018-19 19 6 3 0 — — 22 6 Jami 58 12 12 2 5 1 — 75 15 Guadalajara 2018-19 Liga MX 16 4 1 0 — — 17 4 2019-20 24 5 4 2 — — 28 7 2020-21 32 4 - - — 32 4 2021-22 26 6 - - — 26 6 2022-23 10 1 - - — 10 1 Jami 108 20 5 2 0 0 0 0 113 22 Karyerada jami 166 32 17 4 5 1 0 0 188 37

Xalqaro Meksika YilOʻyinGol 2019 6 1 2020 1 0 2021 5 1 2022 7 1 Jami 19 3

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.15.06.2019 Rose Bowl, Pasadena, Amerika Qoʻshma Shtatlari 6 — 0 7-0 KONKAKAF Oltin Kubogi 2019 2.2.09.2021 Estadio Azteca, Mexiko, Meksika 1 — 0 2-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 3.27.01.2022 Mustaqillik bogʻi, Kingston, Yamayka 2 — 1

Yutuqlar Meksika U23

KONKAKAF Olimpiya saralash chempionati : 2020 Olimpiya bronza medali : 2020

Meksika

KONKAKAF Oltin kubogi : 2019

Shaxsiy yutuqlar

KONKAKAF Olimpiya saralash chempionati Oltin toʻp: 2020 KONKAKAF olimpiya saralash chempionatining eng yaxshi oʻnligi: 2020 Liga MX All-Star: 2021 2022

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:C.D. Guadalajara futbolchilari Turkum:KONKAKAF Chempionlar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Meksika milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:2025-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar