Ibrohim Hamroqulov (1982-yil 28-iyul, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik va ispaniyalik (2005) grossmeyster (2006) darajasidagi shaxmatchi. Tarjimai holi Ibrohim Hamroqulov shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon va osiyo chempionatlarida bir necha bor Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1998-yilda Oropesa del Mar shahrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Ibrohim Hamroqulovning boshqa shaxsiy muvaffaqiyatlari: 2001-yil — Oldenburgda 1-oʻrin; 2002-yil — Cáceresda 1-oʻrin, Condomda 1-oʻrin; 2004-yil — Malagada va San Lorenzo del Cadezarda 1-oʻrin; 2005-yil — Malaga va Cáceresda 1-oʻrin; 2006-yil — Condom va Cáceresda 1-oʻrin; 2007-yil — Shaxmat boʻyicha Ispaniya chempionatida 3-oʻrin, Benidorm va Albaseteda 1-oʻrin, Salouda 1-oʻrin; 2008-yil — Sevillada 2-oʻrin.

IbrohimHamroqulov Ispaniya terma jamoasida safida ham shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan: 2008-yil — Drezdenda boʻli oʻtgan 38-shaxmat Olimpiadasida toʻrtinchi oʻrin (+2, =1, −3).

Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etgan: 2007-yil — Iraklion shahrida boʻlib oʻtgan 16-jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (+1, =4, −1).

U 2000-yilda FIDE tomonidan xalqaro master (IM) unvoniga sazovor boʻldi va olti yildan soʻng grossmeyster (GM) unvoniga loyiq koʻrildi. Manbalar

Havolalar Ibrohim Hamroqulovning shaxmat partiyalari Chessgames.com saytida Ibrohim Hamroqulovning shaxmat partiyalari 365chess.com saytida

Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Samarqand viloyatidan tugʻilganlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar