Oksana Anatolyevna Klimova (tugʻ.1992 — yil 24-may, Moskva, Rossiyahttps://istina.msu.ru/profile/[email protected]/) — rossiyalik figurali uchuvchi, Finlandiya terma jamoasi tarkibida muz raqslarida qatnashgan. Sasha Palomyaki bilan juftlikda u ikki karra Finlandiya chempioni hisoblanadihttps://istina.msu.ru/profile/[email protected]/.
Sport biografiyasi Oksana 1996-yildan beri figurali uchish bilan shugʻullanadi, 2002-yildan esa muz ustida raqsda uchadi. 2007-yilning yoz oyidan beri u finlandiyalik figurali uchuvchi Sasha Palomyaki (1991) bilan juftlikda shugʻullanadihttps://istina.msu.ru/profile/[email protected]/.
Oksana Klimova, Palomyaki bilan juftlik, 2008-yilda Finlandiya oʻsmirlar oʻrtasidagi figurali uchish boʻyicha chempionat gʻolibi boʻldi (2009 va 2010). 2009-yil yanvar oyida Oksana va Palomyaki juftligi figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatida debyut qilishdi va u yerda 22-oʻrinni egallashdi.
Oksana va Palomyaki Xelsinkining Helsingfors Skridskoklubb sport klubida oʻynashganhttps://istina.msu.ru/profile/[email protected]/. Ular Moskvada Elena Anatolyevna Chaykovskaya maktabida taʼlim oldilar.
Sport natijalari Fasllar 2007—2008-yillar 2008—2009-yillar 2009—2010-yillar Yevropa chempionati 22 24 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 23 24 18 Finlandiya chempionati 1J 1 1 Zagrebning Oltin Skate 7 Finlandiya kubogi 7 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Xorvatiya 6 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya 8 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Meksika 7 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Fransiya 11 Pavel Roman xotirasi 4 7
Taʼlim va ilmiy martaba 2009-yilda Oksana Klimova Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining psixologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Shuni etib oʻtish kerakki, 2014-yilda u Moskva universitetini imtiyozli diplom bilan tugatdi va darhol aspiranturaga oʻqishga kirdi. 2017-yildan — M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti psixologiya fakulteti Ilmiy kengashining ilmiy kotibi boʻldi.Shunindgek, psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2021-yil sentyabr oyida Oksana Klimova M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti psixologiya fakultetining aspirantura va doktorantura mudiri etib tayinlandi.
Manbalar
Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:24-mayda tugʻilganlar