Gu Chao (xitoycha : hu chāo; Pinyin : Gù Chāo ; 1989-yil 20-avgustda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Zhejiang Pro jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Gu Chao 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilgan va 2006-yilgi mavsumda Shanhai East Asianing birinchi jamoasiga koʻtarilgan. U muntazam ravishda asosiy darvozabon sifatida oʻynagan va jamoada yaxshi taassurot qoldirgan, 2007-yilgi mavsumda Shanhai ikkinchi divizionga koʻtarilgan.
2011-yil 15-martda Gu Xitoy Superligasi vakili Hangzhou Grintaunga 2 million Yen evaziga oʻtgan. 2011-yilning 6-iyulida u „Hangzhou“ safida „Dalian Shide“ga qarshi safarda debyut qilgan. U asosan 2011 va 2012-yilgi mavsumda Jiang Bo uchun zaxira darvozabon sifatida oʻynagan. Biroq, faqat 2014-yilgi mavsumda Gu jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan.
2015-yil 31-dekabrda Gu besh yillik shartnoma asosida Xitoy Superligasining „Jiangsu Suning“ klubiga oʻtgan. U mavsum boshida Zhang Sipeng uchun zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynagan. Gu Jiangsu uchun debyutini 2016-yilning 9-aprelida Henan Jianyega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U oʻyindan soʻng klubning birinchi tanlov darvozaboniga aylangan. 2020-yilgi Xitoy Superligasi oxirida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan.
2021-yil 15-mart kuni Gu Hangzhouga qaytib, ikkinchi divizion vakili „Zhejiang Pro“ klubiga bepul transfer qilingan. Oʻzining birinchi mavsumida u tezda oʻzini jamoaning asosiy aʼzosi sifatida koʻrsatgan, klub 2021-yilgi turnir oxirida yuqori divizionga koʻtarilgan.
Xalqaro faoliyat Gu 2018-yilgi JCh-2018 saralash bosqichi — OFK 3-turida Janubiy Koreya va Eronga qarshi oʻyin uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan. Gu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2016-yilning 6-sentyabr kuni Eronga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan va 12-daqiqada Zeng Cheng jarohati tufayli uning oʻrniga maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai East Asia2006Xitoy Ikkinchi Ligasi - - -2007 - - -2008Xitoy Birinchi Ligasi220 - - -2202009190 - - -190201090 - - -90Jami500000000500Hangzhou Greentown2011|Xitoy Super Ligasi400000 -4020121010 - -20201313010 - -140201430000 - -300201530010 - -310Jami780300000810Jiangsu Suning2016Xitoy Super Ligasi2507020 -34020172002010 -230201830040 - -340201922000 - -220202018030 - -210Jami115016030001310Zhejiang Pro2021Xitoy Birinchi Ligasi30000 -20320Karyerada jami273019030202970
Yutuqlar
Klub Shanghai East Asia
Xitoy Ikkinchi ligasi : 2007-yil
Jiangsu Suning
Xitoy Superligasi : 2020
Manabalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar