Ji Xiang (1990-yil 1-martda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Ji Xiang professional futbolchilik faoliyatini 2008-yilgi mavsumda Jiangsu Suning bilan ularning katta jamoasiga koʻtarilgandan boshlagan. U 2008-yil 18-oktyabrda „Qingdao Hailifeng“ klubiga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan va oʻz debyutini nishonlagan. Liga mavsumi oxirida Ji Xiang divizion chempionligini qoʻlga kiritgan va Xitoy futbolining yuqori darajasiga koʻtarilgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Yuqori divizion klubi Jiangsuning murabbiyi Pey Encai dastlab Ji Siandan foydalanishni istamagan, ammo 2010-yilgi liga mavsumida unga koʻproq ishonch bildirgan, buning natijasida Ji Sian 2010-yil 22-avgustda klub uchun birinchi golini urib, murabbiyni ishonchini oqlay boshlagan. Oʻsha oʻyinda Jiangsu Qingdao Jonoon FCga ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. Keyingi mavsumda u Pey Encai ketganiga qaramay, oʻzini jamoada muntazam oʻynaydigan asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2012-yilgi mavsumda Ji Xitoy Superligasi tarixidagi eng tezkor gol boʻyicha rekordni yangilagan yaʼni 7 soniyada gol urgan. Bu gol 2012-yil 20-oktyabrda Guangzhou Evergrandga qarshi durangni taʼminlagan. Endi u jamoaning almashtirilmaydigan oʻyinchisiga aylanib ulgurgan edi, 2015-yilgi Xitoy FA kubogida „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan. Shundan soʻng 2020-yilgi Xitoy Superligasi chempioni boʻlgan va eng soʻngida klubi bilan birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Ji Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. Nihoyat u rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolJiangsu Suning2008Xitoy Birinchi Ligasi30 - - -302009Xitoy Super Ligasi00 - - -002010134 - - -134201123210 - -242201230611 - -3172013201104010261201423151 - -282201529060 - -35020162857162104282017262315110354201822241 - -263201920020 - -220202018050 - -230Jami255233551533030831Karyerada jami255233551533030831

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2014 1 0 2015 7 0 2016 0 0 2017 0 0 2018 0 0 2019 2 1 2020 0 0 2021 1 0 Jami 11 1

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.18.12.2019 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya 1 — 0 2-0 2019-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati

Yutqular

Klub Jiangsu Suning

Xitoy Superligasi : 2020 Xitoy Birinchi ligasi : 2008-yil Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil Xitoy FA kubogi : 2015„足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn. 2015-11-29. Retrieved 2021-01-25.

Shandong Taishan

Xitoy Superligasi : 2021 Xitoy FA kubogi : 2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar