Muydin Mamazulunov (; 1984-yil 22-yanvar, Boxtarda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Tojik futboli tarbiyalanuvchisi. Yoshligida Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va fuqarolikni olgan. Futboldagi dastlabki faoliyatini Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining oʻrinbosarlari tarkibida boshlagan. Shuningdek, Muydin faoliyatining dastlabki qismida Oʻzbekiston quyi ligasi klublarida toʻp surgan. 2006-yilda bir guruh oʻzbekistonlik futbolchilar bilan birga yarim mavsumni Qirgʻizistonning konchilar (Qizil-Qiya) klubida oʻtkazgan.

2008-yili „Olimjon Akbarov“ (Yaypan) klubi safida 23 ta gol urib, Oʻzbekiston birinchi ligasi toʻpurari boʻlgan. Shundan soʻng oliy diviziondagi „Olmaliq“ klubiga oʻtgan va 2009-yilgi mavsumda 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan boʻlsa, 2011-yilgi chempionatning ikkinchi eng yaxshi toʻpurari (16 gol) boʻlgan. Shuningdek, 2009-yilda Olmaliq jamoasi bilan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi kubogida gʻolib chiqqan.

2013-yilda dastlab „Olmaliq“ va keyinchalik „Guliston“ klublarida oʻynab, mavsum davomida 11 ta gol urgan. 2014-yilgi mavsum boshida Muborakning „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzolagan va mavsum oldi turnir Oʻzbekiston PFL kubogida gʻolib boʻlgan. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida 2015-yilgi Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan. 2016-yilgi mavsum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safiga oʻtgan va mavsum soʻngiga qadar oʻynagan. 2018-yilgi mavsumda birinchi liga ishtirok etgan „Dinamo“ (Samarqand) jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Dinamo jamoasidan soʻng keyinchalik „Iftixor“, „Turon“ jamoalarida ham toʻp surgan. 2022-yilgi mavsumda Oltiariqning „Doʻstlik“ jamoasida toʻp surgan. 2023-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlagan.

Yutuqlari

Lokomotuv Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2015-yil

Mash’al Oʻzbekiston PFL kubogi chempioni: 2014-yil

Manbalar

Havolalar Muydin Mamazulunov Footballfacts saytida Muydin Mamazulunov Soccerway saytida

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Olimjon Akbarov klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Oltiariq klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi futbolchilari Turkum:Iftixor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar