Michael Rensing (1984-yil 14-mayda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynaydi. U Bayern Munich, 1.FC Kyoln, Bayer Leverkuzen va Fortuna Düsseldorf kabi jamoalarda oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Yoshlikdagi faoliyati Otasi germaniyalik va onasi esa serbiyalik boʻlgan Rensing 2000-yilda TuS Lingendan Bayern Munichga kelib qoʻshilgan va oʻz faoliyatini klubning yoshlar jamoasida davom ettirgan.
U 2001—2002-yilgi mavsumda zaxiradan ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2002-2003 mavsumni esa Regionalliga Südda oʻtkazdi va jami 34 ta liga va kubok oʻyinida maydonga tushdi.
Bayern Munich link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Persepolis_VS_Bayern_Munich_in_13_January_2006.jpg/220px-Persepolis_VS_Bayern_Munich_in_13_January_2006.jpg|left|thumb| Rensing (oʻngda) va Oliver Kan 2006-yilda Rensing Bundesligadagi debyutini 2004-yil 21-fevralda oʻtkazdi. U "Schalke 04" ga qarshi oʻyinda ham maydonga tushdi.
Rensing 2004—2005-yilgi mavsumida Bundesliganing toʻrtta oʻyinida va ikkita kubok oʻyinida va 2005—2006-yilgi mavsumida esa Bundesliganing oltita oʻyinida maydonga tushgan. 21-fevral kuni „Milan“ ga qarshi oʻyinda jarohat olgan Oliver Kan oʻrniga Chempionlar Ligasida jamoasi uchun asosiy darvozabon boʻlib qoldi. 2006-yil 15-aprelda Rensing Arminia Bielefeldga qarshi oʻyin oldidan gʻalati hodisaga duch keldi. U oʻyin oldi mashgʻulotlar paytida toʻpga zarba berdi, bu toʻp esa darvozabon Oliver Kanning koʻziga tegib, uni oʻyindan tashqarida zaxirada qolishiga majbur qildi. Kan oʻrnida Rensing oʻynadi va „Bayern Munich“ 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Kan faoliyatining oxiriga yaqinlashar ekan, Rensing asta-sekin koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshladi. 2008-yilda Kan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Rensingga „Bayern Munich“ning asosiy darvozaboni boʻlish imkoniyati berildi. U Bundesligada 26 ta oʻyinda, 4 ta kubokda, 7 ta Chempionlar ligasida maydonga tushadi. 2009—2010-yilgi mavsumni yomon boshlaganidan soʻng, uning tajribali jamoadoshi Xans-Yorg Butt uning oʻrniga Bayern Munich klubining asosiy darvozaboni boʻldi. Bayern Munich mavsum oxirida shartnomani uzaytirmaslikni maʼqul koʻrdi.
2010-yil noyabr oyida Rensing "Leicester Citi "ga sinov tariqasida qoʻshildi, ammo keyingi shartnoma taklifini rad etildi.
1. FC Köln 2010-yil 21-dekabrda Rensing FC Köln bilan olti oylik shartnoma imzoladi. U 2010-2011-ilgi mavsumda 17 ta oʻyinda maydonga tushdi va jamoa bilan shartnomasini yana 2yilga yaʼni 2013-yilgacha uzaytirdi. U 2011-12 yilgi mavsumda chempionatda 32 oʻyin oʻtkazdi va Kubok oʻyinlaridada maydonga tushdi. Biroq 2012-yilda klub quyi ligaga tushib ketganidan soʻng Köln u bilan shartnomani muddatidan oldin toʻxtatdi. U Kölndagi faoliyatini 49 liga oʻyinlari bilan yakunlagan.
Bayer Leverkusen Rensing 2012-yilning avgustida Bernd Lenodan keyingi oʻrindagi darvozabon sifatida xizmat qilish uchun Leverkusenning Bayer 04 jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi yagona mavsumida u ikkita liga oʻyinida va 1 ta kubok oʻyinida maydonga tushirildi.
Fortuna Düsseldorf link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/36/Michael_Rensing_in_action.jpg/220px-Michael_Rensing_in_action.jpg|thumb| Rensing 2018-yil 2013-yilning 1-iyulidan buyon Rensing Fortuna Düsseldorf jamoasida oʻynamoqda. Mavsumning birinchi oʻyini oldidan Rensing mashgʻulotni tark etdi va shu tariqa oʻsha oʻyin uchun jamoadan chetlatildi. U 2013—2014-yilgi mavsumda beshta oʻyinda ishtirok etdi. 2014—2015-yilgi mavsumda Rensing mavsumning dastlabki 13 ta oʻyinining 2 tasida oʻynagan. Bundesliga, shuningdek, bitta DFB-Pokal oʻyinida oʻynagan. Rensing 2016—2017-yilgi mavsumni 34 ta liga va ikki kubok uchrashuvi bilan yakunlaydi. 2017—2018-yilgi mavsumda esa liganing dastlabki uchta oʻyinini va Germaniya kubogining ochilish bosqichi bilan boshladi.
Xalqaro faoliyati Germaniyaning U-19 toifasida asosiy darvozabon boʻlgan Rensing 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finalida mezbonlar safiga qoʻshilgan, lekin final oʻyinida maydonga tushirilmagan. Biroq, u oʻshandan beri U-21da asosiy darvozabon boʻlib, jamoasiga 2006-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevro chempionatiga chiqishga yordam berdi. U Germaniya va Serbiya terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega.
Faoliyatining statistikasi KlubMavsumLigaKubokLiga kubogiXalqaroJamiLigaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBayern Munich II2001-02Regionalliga Süd20———202002-03Regionalliga Süd34010——3502003-04Regionalliga Süd150———1502004-05Regionalliga Süd18040——2202005-06Regionalliga Süd220———2202006-07Regionalliga Süd200———2002009-103. Liga30———30Jami114050——1190Bayern Munich2003-04Bundesliga20000000202004-05Bundesliga40200000602005-06Bundesliga60001010802006-07Bundesliga10201010502007-08Bundesliga1001010601802008-09Bundesliga26040—703702009-10Bundesliga4030—0070Jami530120301508301. FC Köln2010-11Bundesliga17000——1702011-12Bundesliga32010——330Jami49010——500Bayer Leverkusen2012-13Bundesliga2010—1040Bayer Leverkusen II2012-13Regionalliga West10———10Fortuna Düsseldorf2013-142. Bundesliga5000——502014-152. Bundesliga24010——2502015-162. Bundesliga34000——3402016-172. Bundesliga34020——3602017-182. Bundesliga3010——40Jami100040——1040Fortuna Düsseldorf II2017-18Regionalliga West40———40Faoliyatidagi jami3230230301603650
Yutuqlari
Bayern Munich
Bundesliga: 2004-2005, 2005-2006, 2007-2008, 2009-2010 DFB-Pokal: 2004-2005, 2005-2006, 2007-2008, 2009-2010 DFB-Ligapokal: 2007-yil UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin: 2009-2010
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar