Cédric Ricardo Alves Soares (1991-yil 31-avgustda tugʻilgan), Cédric () nomi bilan tanilgan, Portugaliyalik professional futbolchi, Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubi va Portugaliya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi.

Sedrikning karyerasi Sporting CPda boshlandi, u Primeiraning toʻrt mavsumi davomida 93 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. 2015-yilda „Southampton“ bilan shartnoma imzolagan.

Barcha yoshlar darajasidagi terma jamoada 72 ta oʻyin oʻtkazgan Sedrik 2014-yilda Portugaliya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. U 2018-yilgi Jahon chempionati va Yevro-2016 musobaqalarida ishtirok etgan va Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan.

Jamoalardagi faoliyati

Sporting Singen, Baden-Vyurtemberg, Germaniyada portugallar oilasida tugʻilgan Sedrik ikki yoshida Portugaliyaga qaytdi.1998-yili yetti yoshida u Sporting CP yoshlar akademiyasiga qoʻshildi.

Sedrik asosiy jamoa tarkibida Primeiradagi debyutini 2011-yilning 8-mayida oʻz maydonida „Vitoriya de Setubal“ga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazdi. 2011–12 yillar davomida u jamoadoshi Adrien Silva bilan birga oliy divizion aʼzosi „Academica“ klubiga ijaraga berildi. Sedrik u yerda muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻldi va oʻsha mavsumda „Taça de Portugal“da gʻalaba qozondi, „Sporting“ga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.

Southampton link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/db/Southampton_FC_versus_Sevilla_%2835555663034%29.jpg/220px-Southampton_FC_versus_Sevilla_%2835555663034%29.jpg|right|thumb| Sedrik „Southampton“ libosida oʻynamoqda (2017) 2015-yil 18-iyunda Sedrik yozgi transferlar mavsumida „Southampton“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan ikkinchi futbolchi sifatida eʼlon qilindi, ingliz klubi bilan shartnoma 6,5 million yevroni (4,7 funt sterling) tashkil qilgan. U 30-iyul kuni UEFA Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida „Vitess“ga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyutini oʻtkazib, toʻliq 90 daqiqa harakat qildi. Oʻn kun oʻtgach, u birinchi marta Premer-liga doirasida „Nyukasl Yunayted“ga qarshi oʻyinda (2:2) koʻrinish berdi va Gratsianu Pellning birinchi goliga assistentlik qildi, tanaffusda uning oʻrniga Kuko Martina maydonga tushdi.

Sedrik oʻzining ilk golini 2018-yil 18-mart kuni Angliya kubogining oltinchi turida „Uigan Atletik“ga qarshi yangi bosh murabbiy Mark Xyuz qoʻl ostidagi birinchi oʻyinda kiritdi.

Inter Milan (ijara) 2019-yilning 26-yanvarida Sedrik yozda 9,5 million funt sterlingga sotib olish imkoniyati bilan mavsumning qolgan qismiga ijara asosida Milanning „Inter“ klubiga oʻtdi. U besh kundan keyin birinchi marta maydonga tushib 15 daqiqa oʻynadi va jamoasi Italiya Kubogi chorak finalida "Latsio"ga qarshi oʻyinda (120 daqiqadan soʻng 1:1) 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Arsenal Sedrik 2020-yilning 31-yanvarida "Arsenal"ga olti oylik ijara asosida qoʻshildi.

2020-yil 24-iyun kuni Sedrik shartnoma muddati tugagach, erkin agent sifatida uzoq muddatli shartnoma asosida „Arsenal“ga oʻtayotgani eʼlon qilindi.

Xalqaro maydonda… Sedrik 2011-yilda Kolumbiyada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Portugaliyaning U-20 jamoasi tarkibiga chaqirilgan va yakunda turnirni ikkinchi oʻrin bilan yakunlagan.

U Portugaliya U-21 terma jamoasi safida oʻn marta maydonga tushgan, 2011-yilning 1-sentyabrida 2013-yilgi Yevropa chempionati saralashida Moldovadaga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda debyutini amalga oshirgan. Kattalar jamoasidagi ilk uchrashuvi 2014-yilning 11-oktabrida Parijda Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:2) boshlangan edi.

Karyera statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar kesimida oʻyinlardagi ishtirok va gollar statistikasiKlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSporting CP2010–11Primeira Liga20001020—502012–13Primeira Liga131003070—2312013–14Primeira Liga2810030——3112014–15Primeira Liga240300070—340Jami6723070160—932Académica (ijara)2011–12Primeira Liga2405000——290Sporting CP B2012–13Segunda Liga20————20Southampton2015–16Premer-liga240002010—2702016–17Premer-liga300003010—3402017–18Premer-liga3204100——3612018–19Premer-liga1812020——2212019–20Premer-liga1601021——191Jami1201719120—1383Inter Milan (ijara)2018–19Serie A4010—40—90Arsenal (ijara)2019–20Premer-liga5100———51Arsenal2020–21Premer-liga100202090102402021–22Premer-liga2111040——2612022–23Premer-liga00000000—00Jami36230609010552Karyera boʻyicha jami2525141221310103237

Xalqaro

+Terma jamoa va yil koʻrsatkichida oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Portugaliya 2014 2 0 2015l 6 0 2016 8 0 2017 9 1 2018 8 0 2021 1 0 Jami 34 1

Sovrinlar

Klub Académica

Taça de Portugal: 2011–12

Sporting

Taça de Portugal: 2014–15

Southampton

EFL kubogi kumush medal sohibi: 2016–17

Arsenal

FA Community Shield: 2020

Xalqaro Portugaliya U20

FIFA U-20 Jahon kubogi kumush medal sohibi: 2011

Portugaliya

UEFA Yevropa chempionati: 2016

Ordenlar

60x60px Shahzoda Genrix ordeni ritsari 60x60px „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni komandiri

Manbalar

Havolalar

Profile Arsenal FC veb-saytida

National team data

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:Academika Coimbra futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:São Paulo FC futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyadagi muhojir erkak futbolchilar