Ekinofobiya yoki hipofobiya – bu otlarga nisbatan boʻladigan psixologik qoʻrquv turi. Ekinofobiya yunoncha phobos (phóbos) soʻzidan olingan boʻlib, „qoʻrquv“ va lotincha equus „ot“ degan maʼnoni bildiruvchi soʻzlar qoʻshilmasidan kelib chiqqan. Gippofobiya atamasi yunoncha phóbos soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, yunoncha ot, ἵπos (híppos) soʻzidan olingan.
Fobiya misolini Freud amalga oshirgan Kichkina Hansning psixoanalitik tadqiqotida koʻrish mumkin. thumb|Parco Naturale Tre Cime hududidagi otlar
Alomatlari Ekinofobiya bilan ogʻrigan odam ot haqida oʻylasa yoki jismonan otga yaqin boʻlsa, unda quyidagi alomatlar namoyon boʻlishi mumkin:
Qoʻrquv hissi Xavotir (hatto ot doʻstona va boʻshashgan holatida ham) Qaltirash Vahima Yurakning tez urishi Nafas qisilishi Puls tezligining keskin oshishi Koʻngil aynishi Yigʻlash
Ekinofobiyadan aziyat chekuvchilar orasida boshqa tuyoqlilar, shuningdek, eshak va xachir kabi boshqa tuyoqli hayvonlardan ham qoʻrqish holatlari kuzatilgan.
Sabablari Bolaligida otlar bilan boʻlgan salbiy tajribalar bu fobiyani keltirib chiqarishi mumkin. Ekinofobiya otdan yiqilib tushish holati bilan ham yuzaga keladi (Mashhur misol, Supermen roli bilan tanilgan aktyor Christopher Reeve otdan yiqilib, boʻynini sindirib oladi, natijada umrining oxirigacha boʻynidan pastki qismi falajlanadi). Mazkur fobiyaning dastlabki bosqichida koʻp holatlarda odamlar otlardan uzoqroq yurishni boshlaydilar va bu asta-sekin qoʻrquvdan jiddiy fobiya holigacha rivojlanadi.
Fobiya hayvonning oʻzidan oddiy qoʻrqishdan ham kelib chiqishi mumkin. Otning kattaligi va vazni, hamda uning katta tishlari baʼzi odamlarni, ayniqsa bolalarni qoʻrqitishi koʻp kuzatiladi.
Ot va aygʻirlarning salbiy media tasvirlari odamdagi qoʻrquvni kuchaytirishi mumkin.
Davolash Bu fobiyadan azob chekayotganlar uchun koʻplab davolash usullari mavjud. Kognitiv xulq-atvor terapiyasi maʼlum fobiyalardan aziyat chekadigan odamlar uchun davo shakllaridan biri hisoblanadi. Bu usul odamning qoʻrquvi va ularning mavjudligi sabablariga eʼtibor qaratadi. Terapiya qoʻrquv ortidagi fikrlash jarayonlarini oʻzgartirishga va ularga qarshi turishga oʻrgatadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ushbu metod ekinofobiya bilan ogʻrigan odamlarni davolashda samarali usullardan biri sifatida etirof etilgan.
Bemorni otlar odamlarga odatiy sharoitda tahdid solmasligiga va hatto odamlar otlarning qirilib ketishiga sababchi boʻlganiga ishontirish, fobiyadan halos boʻlishda yordam beradi. Paleolit davrida yovvoyi otlar odamlar uchun muhim oziq-ovqat manbai boʻlgan. Yevropaning koʻp qismlarida ot goʻshtini isteʼmol qilish 732-yilda papa tomonidan taqiqlaganligiga qaramay, Oʻrta asrlardan to hozirgi zamongacha davom etmoqda.
Mashhur ekinofoblar
Eric Berry, amerikalik futbolchi Kristen Stewart, amerikalik aktrisa Robert Pattinson, britaniyalik aktyor
Manbalar
Turkum:Fobiya