Abdullaev Abduhoshim Abdullaevich (1950-yil) – sovet va oʻzbek davlat, jamoat, xoʻjalik arbobi.
Tarjimai hol 1950-yilda Fargʻona viloyatida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Fargʻona politexnika institutini tamomlagan (1972), (1991).
Mehnat faoliyati
1972—1976-yillarda Fargʻona yogʻ-moy kombinatida elektromontyor-taʼmirchisi, elektr jihozlarini taʼmirlash boʻyicha elektromontyor, Fargʻona Azot oʻgʻit zavodi elektr taʼminoti sexi sinov uchastka ustasi, Fargʻona shahar konstruktorlik boʻlimi yangi ishlab chiqarish katta muhandisi lavozimlaridahttps://centrasia.org/person.php?&st=1204262654; 1976—1981-yillarda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi triatsetilsellyuloza ishlab chiqarish katta energetigi; 1981—1983-yillarda Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh energetikining issiqlik va suv taʼminoti boʻyicha oʻrinbosari; 1983—1992-yillarda Fargʻona shahar partiya organlarida ishlagan; 1992—1995-yillarda – Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosarihttps://news.rambler.ru/world/36318154-mirzieev-naznachil-novyh-rukovoditeley-uzkimesanoat-i-uzeltehsanoat/; 1995—2005-yillarda Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori; 2005—2006-yillarda Margʻilon shahar hokimi; 2006—2008-yillarda Fargʻona viloyati hokimi; 2008—2010-yillarda „Fargʻonaazot“ ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari; 2010—2017-yillarda „Fargʻonaazot“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari; 2017—2019-yillarda „Oʻzkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi kabi lavozimlarda mehnat qilgan.
Abdullaev Abduhoshim Abdullaevich Oʻzbekiston mahalliy kimyo sanoatining yetakchi namoyandalaridan biridir. U ushbu sohadagi 40 yildan ortiq faoliyat davomida soha rivojiga ulkan hissa qoʻshdi, uni saqlab qolish va malakali kadrlar bilan toʻldirishga erishdi. Bugungi kunga qadar „FargʻonaAzot“ ishlab chiqarish birlashmasi postsovet hududidagi yetakchi hisoblanadi. U Oʻzbekistonning xalq orasida eng obroʻli rahbarlaridan biri sanaladi.
Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
Havolalar Tsentraziya Personi Xokimi oblastey Uzbekistana Mirziyoev naznachil novix rukovoditeley „Uzkimyosanoat“ i „Uzeltexsanoat“ Abdullaev Abduxashim Abdullaevich
Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar