Valeriy Kuzmich Nepomnyashchiy (1943-yil 7-avgust Slavgorod) – rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi, asosan Afrika va Osiyo qitʼasi futbolida ishlaydi.

Faoliyati Samarqandning "Spartak" klubida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini tezda tugatgan. Moskva sport maktabida oʻqigan. Taniqli murabbiy Valeriy Lobanovskiy qoʻl ostida taʼlim olgan. Turkmaniston va Ashxobodning Kopejak yoshlar terma jamoasini boshqargan. 1969-yilda Turkman davlat universitetini tamomlagan. Valeriy 1988-yil dekabr oyida Kamerun milliy futbol terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Uning murabbiyligi ostida jamoa 1990-yilgi jahon chempionatida chorak finalga yoʻl olgan. Bugungi kunga qadar Afrika terma jamoasining jahon chempionati finalida oʻz tarxidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan. 2002-yilda Senegal, 2010-yilda Gana bilan tenglashgan. 1994-yildan 1998-yilgacha Bucheon SK klubini boshqargan. Klub ikki marta Janubiy Koreya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Xitoy klublarida ham ishlagan. 2006-yildan bir necha oy Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. 2008—2011 va 2014–2016-yillarda Rossiyaning „Tomsk“ klubi murabbiyi boʻlgan. Keyinroq, Kaliningradning „Bałtika“ jamoasini boshqargan.

Manbalar

Havolalar Profile on footballplayers.ru Valery Nepomnyashchy Interview

Turkum:1943-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Kopetdag futbol klubi murabbiylari