Qin Sheng () (1986-yil 2-noyabrda Dalyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Qingdao Jonoon Qin Sheng Dalyan shahrida tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, u 1999-yilda Shandongga koʻchib oʻtgan va Shandong Luneng yoshlar jamoalarida oʻynagan. Qin kattalar jamoasiga kira olmagan. 2005-yilgi mavsum boshida yuqori divizion vakili Qingdao Jonoong jamoasiga qoʻshilgan. Qingdaoda unga kattalar jamoasiga kirish imkoniyati berilgan va 2005-yilning 2-aprelida "Shanghai Shenhua "ga qarshi 2-0 oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazgan. Qingdaoda u 2007-yil 7-aprelda Changchun Yataiga qarshi 2:1 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng murabbiy Yin Tiesheng bilan janjallashib qolgan va jamoada oʻz oʻrnini yoʻqotgan. Keyingi mavsumda, Shandong yoshlar boʻyicha sobiq murabbiyi Guo Kanfeng jamoani boshqarishga kelganida, Qinga jamoada yana bir imkoniyat berilgan, ammo Qin bu imkoniyatdan foydalana olmagan va ligada bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinida maydonga tushgan.

Jiangsu Sainty 2008-yil sentabrida Qin 1 million yevro evaziga ikkinchi divizion vakli „Jiangsu Sainty“ klubiga oʻtgan va 2008-yil 27-sentyabrda „Chongqing Lifan“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Liga davomida Qin oʻzining birinchi golini 2008-yil 31-oktyabrda Shanghai East Asia jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum oxiriga kelib, Qin ligada yettita oʻyinda qatnashib, bitta gol urgan, Jiangsu divizion chempionligini qoʻlga kiritgan holda yuqori divizionga koʻtarilgan.

Liaoning Whowin Qin 2011-yilning yanvarida erkin agent sifatida Liaoning Whowinga koʻchib oʻtgan. Qin klubda bir mavsum oʻynagan va 2011-yilgi mavsumni munosib oʻtkazgan, 28 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Guangzhou Evergrand Qin 2012-yilning 10-yanvarida „Guangzhou Evergrand“ga oʻtgan. 2012-yilning 3-fevralida u 2012-yil Marbella kubogi doirasidagi CSKA Moskvaga qarshi oʻyinda (1:0) „Guangzhou“ safidagi ilk golini kiritgan. 2012-yilning 25-fevralida u Xitoy Superkubogi uchun „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (2:1) „Guangzhou“ safida rasman debyut qilgan va 59-daqiqada Zhao Xurining oʻrniga maydonga tushgan. Qin ligadagi debyutini mavsumning uchinchi turida 2012-yil 25-mart kuni „Henan Construction“ga qarshi yettinchi liga oʻyinida „Guangzhou“ uchun birinchi ligadagi golini urgan.

Qin 2014-yilgi mavsum boshida jamoa bosh murabbiyi Marselo Lippi bilan janjallashgan soʻngra murabbiylar shtabi aʼzosi bilan janjallashib qolgan va Lippi buni noprofessionallik deb hisoblab uni zahira futbolchisiga aylantirgan. U Guangzhou tomonidan isteʼfoga chiqarilgan va 2014-yilning iyul oyida Xitoyning ikkinchi ligasi vakili Meizhou Kejia bilan yarim yillik shartnoma imzolagan.

Liaoningga qaytish Shanhai Shenhua bilan muvaffaqiyatsiz mavsumdan soʻng, Qin 2015-yil 27-fevralda Liaoning Whowinga qaytgan. U 2015-yil 7-mart kuni „Guizhou Renhe“ ga qarshi oʻyinda maydinga tushib, 4-daqiqada Chukaning gʻalaba goliga assistentlik qilgan. U Liaoning uchun birinchi golini 2015-yilning 21-martida Shijiazhuang Ever Brightga qarshi oʻyinda kiritgan. 2015-yilning 24-may kuni „Chongqing Lifan“ga qarshi oʻyinda Qin tezda jarima zarbasini amalga oshiribgolga assistentlik qilgan. 2015-yilgi mavsumda u 24 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Shanghai Shenhua 2016-yilning 15-yanvarida Qin Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga oʻtgan. U 2016-yilning 5-mart kuni „Shanhai“ safida „Yanbian Funde“ga qarshi oʻz uyida 1:1 hisobida durang oʻynagan. U 2016-yilgi mavsumda 13 ta sariq kartochka olgan, shulardan 11 tasi ligada va ikkitasi FA kubogida, bu ligadagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblangan. 2017-yilning 11-martida Qin „Tianjin Quanjian“ga qarshi liga oʻyinida Axel Vitselni ataylab qoʻpollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan. Qin 300 000 ¥ miqdorida jarimaga tortilgan va ertasi kuni klub tomonidan zaxira jamoasiga tushirilgan.

Dalian Yifang 2018-yilning 21-iyunida Qin mavsumning qolgan qismi uchun oʻz shahrining „Dalian Yifang“ klubiga ijaraga berilgan. 2018-yilning 7-iyulida u Xitoy FA kubogi chorak finalining birinchi oʻyinida „Sichuan Jiuniu“ga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 2018-yilning 18-iyulida „Hebei China Fortune“ga qarshi oʻyinda 0:0 hisobida durang oʻynagan va 75-daqiqada Zhou Ting oʻrniga maydonga tushgan. 2018-yilning 24-iyulida u Xitoy FA kubogi chorak finalining javob uchrashuvida „Sichuan Jiuniu“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini — penaltidan kiritgan.

Qin 2019-yil 13-fevralda Dalian Yifangga transfer qilingan.

Xalqaro faoliyati Qin 2012-yil 22-fevral kuni Xitoy terma jamoasi safida Quvaytga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. 2013-yilning 11-iyunida u Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Jonathan de Guzmanga qoʻpollik qilgani uchun qizil kartochka olgan. Qin oʻzining soʻnggi xalqaro oʻyinini 2013-yil 15-iyun kuni Tailandga qarshi oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolQingdao Jonoon2005Xitoy Super Ligasi1600010 - -170200616010 - - -170200750 - - - -50200880 - - - -80Jami45010100000470Jiangsu Sainty2008Xitoy Birinchi Ligasi71 - - - -712009Xitoy Super Ligasi230 - - - -2302010281 - - - -281Jami58200000000582Liaoning Whowin2011Xitoy Super Ligasi28010 - - -290Guangzhou Evergrande201221140 -5010311201314030 -700024020140000 -001010Jami351700012020561Meizhou Kejia2014Xitoy Ikkinchi Ligasi13510 - - -145Liaoning Whowin2015Xitoy Super Ligasi24110 - - -251Shanghai Shenhua201627030 - - -30020175040 -10 -10020189010 -4010150Jami41080005010550Dalian Yifang (Ijara)2018Xitoy Super Ligasi13041 - - -171Dalian Yifang201921130 - - -241Shanghai Shenhua202012010 -40 -170Karyerada jami29010271102103034211

Yutuqlar

Klub Jiangsu Sainty

Xitoy Birinchi ligasi : 2008

Guangzhou Evergrand

Xitoy Superligasi : 2012, 2013 Xitoy FA kubogi : 2012 Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013-yil

Shanghai Shenhua

Xitoy FA kubogi : 2017

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar