Ren Hang () (1989-yil 23-fevralda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Wuhan Three Towns“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Ren Hang futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Changsha Ginde bilan boshlagan, u 2007-yilning 4-oktyabrida „Shanghai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub safida debyut qilgan. Keyingi mavsumda u 24 ta oʻyinda mayonga tushib, oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan, Changsha 2008-yilgi mavsum oxirida jadvalning oʻrtasidan joy olishgan. U 2010-yilgi mavsumgacha jamoa himoyasida muntazam ravishda maydonga tushgan, oʻshanda klub yomon oʻyin koʻrsatgan va Ren jamoa birinchi ligadan tushib ketgani sababli klubni tark etgan.

2011-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Renga klubni tark etishga ruxsat berilgan va u yuqori divizion vakili Jiangsu Suning jamoasiga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 3-aprelida Beijing Guoanga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Ren jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan, jamoaning natijalari asta-sekin yaxshilanib borgan va klub 2011-yilgi mavsum oxirida oʻzining eng yaxshi liga natijasini qayd etgan.

Ren 2016-yilning iyun oyida klub bilan shartnoma mojarosi tufayli „Jiangsu“ning zaxira jamoasiga tushirilgan. 2016-yilning 16-sentyabrida u Jiangsu bilan shartnomasini bekor qilgan va Xitoy Superligasining boshqa jamoasi „Hebei China Fortune“ga qoʻshilgan. Ammo u 2017-yilgi mavsumgacha klub tarkibida maydonga tusha olmagan. U klubdagi debyutini 2017-yilning 5-martida Henan Jianyega qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati Ren Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U ilk xalqaro golini 2017-yilning 7-iyunida Filippinga qarshi oʻyinda (8:1) kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolChangsha Ginde2007Xitoy Super Ligasi30 - - -302008240 - - -2402009220 - - -2202010100 - - -100Jami580000000580Jiangsu Suning2011Xitoy Super Ligasi28100 - -281201230110 - -3112013200206010290201425170 - -321201526261 - -3232016123106010203Jami1418171120201729Hebei China Fortune2017Xitoy Super Ligasi23100 - -231201822121 - -242201925100 - -251202017100 - -171Jami874210000895Wuhan Three Towns (Ijara)2021Xitoy Birinchi Ligasi30000 - -300Karyerada jami316121921202034914

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2014 9 0 2015 13 0 2016 7 0 2017 3 1 Jami 32 1

Xalqaro maydondagi gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2017-yil 7-iyun Tianhe stadioni, Guanchjou, Xitoy 6 — 1 8-1Oʻrtoqlik

Yutuqlar

Klub Jiangsu Suning

Xitoy FA kubogi : 2015 Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil

Wuhan Three Towns

Xitoy Birinchi ligasi : 2021-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar