Shi Ke () (1993-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Shi Ke oʻz futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Vusi sport maktabidan Hangzhou Grintaun yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2011-yilgi mavsum uchun Xitoyning ikkinchi ligasidagi „Venchjou Provenza“ klubiga ijaraga berilgan. U klubdagi ilk golini 2011-yilning 17-avgustida Sichuan FKga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. Shi 2012-yilda oʻsha paytdagi murabbiy Takeshi Okada tomonidan klubning asosiy jamoasiga chaqirilgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 25-martida Beijing Guoanga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Du Vey 2012-yil iyul oyida Shandong Lunengga oʻtganidan soʻng u tezda klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan.

2015-yilning 24-yanvarida Shi Xitoy Superligasi vakili „Shanhai SIPG“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 19-iyunida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (5:3) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 28-fevralida OChL-2017da „Western Sydney Wanderers“ga qarshi oʻyinda (5:1) kiritgan.

Xalqaro faoliyati Shi Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2010-yil iyun oyida oʻsha paytdagi murabbiy Su Maozhen tomonidan olgan. U 2010-yilgi 19-yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichida Tailandga qarshi maydonga tushgan. Shi 2011-yil Tulon turnirida 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoada oʻynashni davom ettirgan va oʻsha paytdagi murabbiy Yan Olde Riekerink tomonidan sardor etib tayinlangan. U 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushgan, 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2012-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan.

Shi 2012-yilning aprel oyida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. U 2012-yilning 9-mayida 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoadagi debyutini Malavi bilan oʻyinda oʻtkazgan. U 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo kubogi saralash bosqichida qatnahsadigan jamoa tarkibiga kiritilgan. Xitoy 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan.

Shi birinchi marta 2013-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan. U 2013-yilning 28-iyulida Avstraliyaga qarshi oʻyinda (4:3) Yang Xao oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolWenzhou Provenza (Ijara)2011Xitoy Ikkinchi Ligasi121 - - -121Hangzhou Greentown2012Xitoy Super Ligasi19020 - -210201323010 - -240201423110 - -241Jami651400000691Shanghai SIPG2015Xitoy Super Ligasi16020 - -180201627010100 -380201723050122 -40220182804090 -410201919020401026020201401010 -160Jami1270150362101792Karyerada jami2042190362102604

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2013 1 0 2014 0 0 2015 0 0 2016 0 0 2017 0 0 2018 3 0 2019 5 0 Jami 9 0

Yutuqlar

Klub Shanghai SIPG

Xitoy Superligasi : 2018 Xitoy FA Superkubogi : 2019

Shandong Taishan

Xitoy Superligasi : 2021 Xitoy FA kubogi : 2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar