"Dinamo" () — Kiyev shahridagi Ukrainaning professional futbol klubi. „Dinamo“ Ukraina futbol chempionatlarining doimiy ishtirokchisi boʻlgan. SSSR va Ukrainadagi eng nomdor futbol klubi hisoblangan.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/96/Динамо Київ 1928.jpg/180px-Динамо Київ 1928.jpg|thumb|334x334px|"Dinamo" (Kiyev). 1928-yil avgust link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7e/1929_Dynamo_Kyiv_squad.jpg/360px-1929_Dynamo_Kyiv_squad.jpg|thumb|212x212px|1929-yilgi jamoa tarkibi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7f/Panoramio_-_V%26A_Dudush_-_%D0%A1%D1%82%D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BE%D0%BD_%D0%94%D0%B8%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D0%BE_%282%29.jpg/240px-Panoramio_-_V%26A_Dudush_-_%D0%A1%D1%82%D0%B0%D0%B4%D0%B8%D0%BE%D0%BD_%D0%94%D0%B8%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D0%BE_%282%29.jpg|thumb|212x212px|"Dinamo" stadioniKlub 1927-yil 13-mayda tashkil topgan. Dinamoning ilk oʻyini 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan hamda 2:2 hisobida durang qayd etilgan. Sovet davrida klub 13 marta SSSR chempionati, 9 marta SSSR kubogi, 3 marta SSSR Superkubogini qoʻlga kiritgan. Oliy divizionda barcha SSSR chempionatlarida qatnashgan ikkita futbol klublaridan biri. SSSR chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Moskvadan boshqa futbol klubi deb qaralgan.

Xalqaro maydonda u 2 karra UEFA Kubok egalari kubogi (1975, 1986) va UEFA Superkubogi (1975) sovrindori. Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan birinchi sovet klubi.

Mustaqil Ukraina davrida u milliy chempionatda 16 marta, mamlakat kubogida 13 marta, Ukraina Superkubogida 9 marta zafar quchgan.

Klubning uy stadioni „NSC Olimpiyskiy“ (sobiq „Respublika“) 1923-yilda foydalanishga topshirilgan va Ukrainadagi eng yirik futbol stadioni hisoblanadi. Ushbu yirik stadion 70 000 dan ortiq muxlislarni oʻz bagʻriga sigʻdirish imkoniga ega.

Kiyening „Dinamo“ klubi „kicker“ jurnali talqiniga koʻra XX asrda dunyoning eng yaxshi klublari roʻyxatida 8-oʻrinni, shuningdek, „IFFHS“ boʻyicha XX asrning eng yaxsh Yevropa klublari roʻyxatida 16-oʻrinni band etgan. „France-Presse“ maʼlumotlariga koʻra, XX asrning Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi klubi deb qaralgan (2000-yil). „CK“ tahliliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil natijalariga koʻra, „Dinamo“ haqiqiy muxlislar miqdori boʻyicha Ukrainadagi birinchi, Yevropada esa 19-yirik futbol klubi deb qaralgan.

„Dinamo“ faqat 1928-yil 1-iyulda oʻzining ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan.

„Dinamo“ ilk rasmiy oʻyinini Bila Tserkvada shu shahar jamoasiga qarshi oʻtkazgan. „Dinamo“ 5-daqiqadayoq hisobni ochishga erishgan, ammo 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan.

Keyingi oʻyin 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻyin shiddatli qizgʻin va keyinchalik past sur’atda oʻtgan hamda uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Ushbu oʻyindan soʻng darhol Barminskiy oʻzining eski doʻsti Lazar Koenni „Odessa“dan „Dinamo“ga taklif qilgan.

1928-yil 1-sentabrda kiyevliklar oʻrtoqlik oʻyinida Moskva chempioni — „Dinamo“ (Moskva)ni qabul qilishdi. Mehmonlar Ukraina klubini 6:2 hisobida magʻlub qilishgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0d/Kyiv_NSC_Olimpiyskyi_5.jpg/240px-Kyiv_NSC_Olimpiyskyi_5.jpg|thumb|212x212px|"Olimpiyskiy" stadioni

Futbolchilar

Birinchi jamoa tarkibi

U-19 jamoasi

Ijaraga berilgan futbolchilar

Alohida saqlangan raqamlar

12 — Club Supporters (the 12th Man)

SSSR yilning eng yaxshi futbolchilari Quyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi oʻyinchilari boʻlishgan:

Andrey Biba — 1966-yil Vladimir Muntyan — 1969-yil Yevgeniy Rudakov — 1971-yil Oleg Bloxin — 1973, 1974, 1975-yillar Anatoliy Demyanenko — 1985-yil Aleksandr Zavarov — 1986-yil Aleksey Mixaylichenko — 1988-yil

SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari Quyidagi futbolchilar SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishgan:

Makar Goncharenko — 1938 yil Andrey Zazroev — 1952-yil Oleg Bloxin — 1972, 1973, 1974, 1975, 1977 Oleg Protasov — 1990-yil

SSSRda yilning eng yaxshi darvozaboni Quyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi darvozabonlari boʻlishgan:

Viktor Bannikov — 1964-yil Yevgeniy Rudakov — 1969, 1971, 1972-yillar Viktor Chanov — 1986-yil Futbolchilar rekordalari

Eng yaxshi toʻpurarlar

№IsmYillarLigaKubokYevropaBoshqaJami1 Oleg Bloxin1969-19872 Serhiy Rebrov1992-2000 2005-20073 Maksim Shatskix1999-20084 Andriy Yarmolenko2007-2017 2023-1025 Andriy Shevchenko1994-1999 2009-20126 Oleh Husiev2003-2016 2017-20187 Victor Tsyhankov2016-2023774130948 Artem Milevskyi2002-20135711163879 Viktor Kanevskyi1973-198410 Leonid Buryak1971-1981

Boshqa — mamlakat Superkubogi

Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilari

№IsmYillarLigaKubokYevropaBoshqaJami1 Oleksandr Shovkovskyi 1993-20162 Oleg Bloxin1969-19873 Oleh Husiev2003-2016 2017-20184 Anatoliy Demyanenko1979-1990 1992-19935 Leonid Buryak1973-19846 Volodymyr Veremeyev1968-19827 Volodymyr Muntyan 1965-19778 Volodymyr Bezsonov1976-19909 Serhii Rebrov 1992-2000 2005-200710 Vladyslav Vashchuk1993-2002 2005-2008

Boshqa — mamlakat Superkubogi

Yana qarang

FC Dynamo-2 Kyiv FC Dynamo-3 Kyiv

Manbalar

Havolalar

Official website Youtube kanali

Turkum:FC Dinamo Kiyev Turkum:Ukraina futbol klublari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi klublari Turkum:SSSR Oliy ligasi klublari Turkum:Sovet Ittifoqidagi militsiya futbol klublari Turkum:Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasidagi futbol klublari Turkum:Quyi ligaga tushib ketmagan klublar Turkum:UEFA Kubok Egalari Kubogini qoʻlga kiritgan klublar Turkum:UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan klublar Turkum:Kiyevdagi futbol klublari Turkum:1927-yilda Ukrainada tashkil etilganlar Turkum:1927-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida ishtirok etgan klublar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari