Husniddin Roʻzi oʻgʻli Aliqulov (1999-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Çaykur Rizespor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati

Ilk yillari Husniddin Aliqulov – „Mashʼal“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Akademiyada 2012-yildan 2018-yilgacha tahsil olgandan soʻng, 2018-yildan Husniddin Aliqulov „Mashʼal“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida 2019-yilda Husniddin Aliqulovning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni oʻzining jamoasiga jalb etdi. Husniddin Aliqulov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida birinchi mavsumida 8 ta oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2019—2020-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 8 ta oʻyinda maydonga tushgan va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2020—2021-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.844 daqiqa maydonda harakat qildi.

2021—2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1 579 daqiqa maydonda harakat qildi.

2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston Superligasida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan hamda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1 279 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yil Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasida Nasaf safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 540 daqiqa maydonda harakat qildi. Guruh bosqichi yakunlanganidan soʻng, Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan oʻrin oldi.

Çaykur Rizespor 2023-yil 5-avgust Turkiyaning Superligasining „Çaykur Rizespor“ jamoasi bilan 3+1 shartnoma imzoladi. Turkiya jamoasi Aliqulovni Qarshining „Nasaf“ jamoasidan 400 ming yevroga sotib oldi va Husniddin Qarshi jamoasi bilan Instagram orqali xayrlashuv maktubini yoʻlladi.

Terma jamoadagi faoliyati 2023-yil AFC Osiyo kubogi 2023 yakuniy terkibga kiritilgan edi. Ammo 2024-yil 7-yanvarda Falastin terma jamoasiga qarshi oʻyinda olgan jarohati sababli ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi.

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub safidagi statistikasi

KLubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarMashʼal Mubarek2018Oʻzbekiston Pro ligasi12110—10141Nasaf2019Oʻzbekiston Superligasi9030—10130202023030——26020212034162103162022242428010374202312520——145Çaykur Rizespor2023–24 Turkiya Superligasi21010——2202024–2533320——3532025–267040——110Umumiy faoliyat121111831424015719

2024-yil 10-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

+ Husniddin Aliqulov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar ro'yxati№SanaJoyO'yinRaqibHisobNatijaMusoboqa12023-yil 13-oktyabrDalian Pro Academy Base Stadium, Dalian, Xitoy152–02–0Oʻrtoqlik uchrashuvi2 2024-yil 6-iyun Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 211–0 3–1 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC ikkinchi bosqich3 2024-yil 10-sentyabr Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 242–23–22026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC uchinchi bosqich

Manbalar

Havolalar Husniddin Aliqulov Transfermarkt saytida

Husniddin Aliqulov Soccerway saytida

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Çaykur Rizespor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar