Gianfranco Zola () — italiyalik futbolchi, yarim himoyachi. Futbol murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritgan Gianfranco Zola futbol tarixidagi eng yaxshi jarima zarbasi mualliflaridan biri deb qaraladi. Ingliz futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan birinchi va hozirgacha yagona boʻlgan italyan futbolchisi. „Chelsea“ jamoasida 25-raqami ostida toʻp surgan.

Zola faoliyatining birinchi qismini Italiyada oʻtkazdi va eng katta muvaffaqiyatlarga „Napoli“ va „Parma“da erishdi. Keyin futbolchi Angliyaning „Chelsea“ klubiga oʻtdi va u yerda 7 yil oʻynadi. 1997-yilda Zola britaniyalik futbol jurnalistlari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Italiya terma jamoasida ham oʻynagan. Italiya yoshlar terma jamoasini (21 yoshgacha) boshqargan.

Italiyadagi faoliyati Zola oʻzining ilk professional shartnomasini 1984-yilda Sardiniyaning „Nuoreze“ jamoasi bilan imzolagan. 1986-yilda u „Sassari“dan „Torres“ga oʻtgan va uch yildan soʻng A Seriyadan „Napoli“ga oʻtgan. Yosh va iqtidorli Zola „Napoli“ gʻalaba qozonganida Diego Maradona oʻyinchisi sifatida ikkita gol urgan. Maradona Zolaning faoliyatiga katta taʼsir koʻrsatdi. Mashqdan keyin ikkalasi soatlab jarima zarbalarini birgalikda mashq qilishdi, Zola keyinroq: „Men hamma narsani Diegodan oʻrgandim. Men hamisha unga qarardim, mashq qildim va xuddi u kabi jarima zarbasini tepishni oʻrgandim“ deya aytgan. Shuningdek, Zola 1991-yilda „Napoli“ga Italiya Superkubogini yutishda yordam bergan va oʻsha yili Arrigo Sakki boshchiligida Italiya terma jamoasida debyut qilgan. 1993-yilda Zola „Napoli“ni tark etib, A Seriyaning boshqa jamoasi — „Parma“ga qoʻshilgan. U „Parma“ bilan UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. Aynan koʻk va sariq klub bilan u ijodiy oʻyinchi sifatida obroʻsini mustahkamladi. Biroq bosh murabbiy Karlo Anchelotti Zola yangi tizimiga moslasha olmasligini aytdi. Va shundan soʻng Zola kamdan-kam oʻynadi va oxir-oqibat transferga qoʻyildi.

Terma jamoadagi faoliyati 1996-yilning noyabrida Zola jamoa bosh menejeri Ruud Gullit tashabbusi bilan Angliyaning „Chelsea“ klubiga oʻtdi. Debyut mavsumida u darhol yetakchiga aylandi va Angliyada hurmat qozondi. „Manchester United“ bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Zolani maydonda juda aqlli futbolchi deb taʼriflagan. U bu mavsumda „Chelsea“ning asosiy oʻyinchisi boʻlib, jamoa bilan Angliya kubogini qoʻlga kiritgan. Finalda „Midlsbro“ jamoasiga magʻlub boʻlgan, ammo Zola final yoʻlida toʻrtta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shu jumladan, „Liverpool“ darvozasiga 23 metrdan ajoyib gol kiritgan. Mavsum yakunida u Premer-ligada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

1997/98-yillarda u „Chelsea“ga yana ikkita sovrin, Liga kubogi va yevrokubok egalari kubogini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. Futbolchi jarohat olgani sababli, Kubok egalari kubogi finalida „Shtutgart“ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishiga to‘sqinlik qilgan. Biroq u ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va 21 soniya ichida g‘alaba golini kiritdi. Oʻyinda toʻpga ikkinchi marta tegishi bilan u Dennis Uayzning uzatmasini darvozaning yuqori burchagiga yoʻlladi va shu tariqa „Chelsea“ bir yil ichida uchinchi yirik kubogini va klub tarixidagi ikkinchi Yevropa kubogini qoʻlga kiritishida muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻsha mavsumda Zola 1997-yilning noyabrida „Derbi Kaunti“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi professional xet-trikiga erishdi.

1999/00-yilda „Chelsea“ UEFA Chempionlar ligasiga ilk bor kirganida, Zola asosiy oʻyinchi edi, garchi uning ligadagi imkoniyatlari „Chelsea“ bosh murabbiyi Janluka Vialli tomonidan olib borilgan rotatsiya siyosati tufayli cheklangan edi. Zola Chempionlar ligasida uchta gol urdi, shu jumladan „Barcelona“ga qarshi „toʻqqizlik“da jarima zarbasini amalga oshirdi va finalda „Aston Villa“ darvozasiga jarima zarbasini amalga oshirib, klub bilan yana Angliya kubogini qoʻlga kiritishida muhim o‘rin tutdi. Uning „Chelsea“dagi soʻnggi yillarida jamoadagi oʻyinlari Jimmi Floyd Hasselbaink va Eidur Gudjonsen bilan cheklangan edi. 2002/03-yilgi mavsumda, yaʼni „Chelsea“dagi soʻnggi mavsumida u uygʻonish davrini oʻtkazdi va 16 ta gol urdi („Chelsea“dagi bir mavsumdagi eng koʻp gollari soni) va klubning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Terma jamoadagi faoliyati

Zola 1994-yilgi Jahon chempionatida Italiya terma jamoasida oʻynagan, ikkinchi boʻlimda Nigeriyaga qarshi oʻyinda bir marta maydonga tushgan va u yerda atigi 12 daqiqa oʻtib Avgustin Eguavonga qoʻpol oʻynagani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olgan. U 1996-yilgi Yevropa chempionatida uchta guruh oʻyinida o‘ynagan. U 1997-yilning fevralida Angliyaga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinida yagona gol muallifiga aylandi. Zola 35 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan.

2016-yilning 14-dekabrida u „Birmingem City“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. Shartnoma 2,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lgan. 2018-yildan beri „Chelsea“ futbol klubida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. Hozir murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanmayapti.

Yutuqlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4e/Zola_chelsea.JPG/300px-Zola_chelsea.JPG|right|thumb|300x300px| „Chelsea“ muzeyida Zolaning formasi

C2 seriya chempioni: 1986/87 Jami: 1 kubok A Seriya chempioni: 1989/90 Italiya Superkubogi sohibi: 1990-yil Jami: 2 ta kubok UEFA kubogi gʻolibi: 1995-yil UEFA Superkubogi sohibi: 1993-yil Jami: 2 ta kubok Angliya kubogi sohibi (2 karra): 1997, 2000 Angliya Superkubogi sohibi : 2000-yil Futbol Ligasi kubogi sohibi : 1998-yil UEFA kubogi egalari kubogi sohibi: 1998-yil UEFA Superkubogi sohibi : 1998-yil Jami: 6 ta kubok

Shaxsiy

Angliya futboli shon-sharaf zali aʼzosi: 2006-yil Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi (2 karra): 1996-yil dekabr, 2002-yil oktabr „Chelsea“ muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi (2 karra): 1999, 2003 AFJ yilning eng yaxshi futbolchisi: 1997-yil ESM boʻyicha Yevropaning ramziy jamoasiga kiritilgan: 1995-yil Italiya Respublikasining xizmatlari uchun ordeni: 2003-yil Britaniya imperiyasining ordeni : 2004-yil Gaetano Scirea mukofoti : 2005-yil Futbol ligasi chempionati oyining eng yaxshi menejeri: 2013-yil fevral

Manbalar

Havolalar Gianfranco Zola Soccerbase saytida

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:5-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:USD Nuorese Calcio 1930 futbolchilari Turkum:SEF Torres 1903 futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Cagliari Calcio futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:Serie D futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:„Chelsea F.C. Yil oʻyinchisi“ sovrini gʻoliblari Turkum:Sportchilar