Ellen Gezina Mariya van Langen (1966-yil 9-fevralda tugʻilgan) – niderlandiyalik sobiq oʻrta masofaga yuguruvchi sportchi. Ellen van Langen 1992-yilda ayollar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻlgan. Hozirda Ellen van Langen FBK oʻyinlari direktori hisoblanadi.
Faoliyati Van Langen Niderlandiyaning Oldenzaal shahrida tugʻilgan. U yugurishni boshlashdan oldin futbol oʻynagan. Ellen van Langen 20 yoshida yugurish bilan jiddiy shugʻullana boshladi. 1989-yilda Ellen van Langen 800 metrga yugurish boʻyicha toʻrtta milliy chempionatda qatnashdi. U 1:59,82 natija bilan Butunjahon talabalar oʻyinlarida (Universiada) Ana Kirodan (Kuba) keyin kumush medalni qoʻlga kiritdi. 1990-yilda Spltdagi Yevropa chempionati finalida u Gollandiya milliy rekordi 1:57,57 bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Yevropa chempionati finalida Ellen van Langen Sharqiy Germaniya sportchilari Sigrun Wodars (oltin), Cristin Vaxtel (kumush) va Liliya Nurutdinovadan (bronza) ortda qoldi.
1991-yilda Tokiodagi jahon chempionatida Ellen van Langen qizgʻin bahslarda magʻlub boʻldi. Keyingi yili, Barselonadagi 1992- yilgi Olimpiada oʻyinlari oldidan u 28-iyun kuni Hengelo shahrida boʻlib oʻtgan Fanny Blankers-Koen oʻyinlarida Tokio oltin medali sovrindori Liliya Nurutdinovani 1:56,66 hisobida magʻlub etdi.
1992-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida Van Langen 800 metrga 1:55,54 natija bilan Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu natija Gollandiya milliy rekordi ham hisoblanadi.
1992-yil Ellen van Langenning eng yaxshi yili boʻldi. U 800 m ga yugurish musabaqalarining 11 tasidan 10 tasida gʻalaba qozondi. Olimpiada gʻalabasidan soʻng u turli jarohatlar bilan azoblandi. Ellen van Langenning 1992-yildan keyingi eng yaxshi natijasi 1995-yilda Goteborgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 6-oʻrinni egallashi boʻldi. Davom etayotgan jarohatlar unga 1996-yilgi Olimpiada chempionligini himoya qilishga xalaqit berdi. U 1998-yilda sportni tark etdi.
Keyinchalik Van Langen oʻzining muvaffaqiyati sirini tushuntirdi:"Men taktikada ham yaxshi edim, atrofimga qarardim va toʻgʻri qaror qabul qilardim".
Ellen van Langen Amsterdam universitetida iqtisod boʻyicha ilmiy darajaga ega va hozirda Global Sports Communication kompaniyasida tadbir menejeri sifatida ishlaydi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiya sportchilari