Kamola Boltabayevna Akilova — (1964-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Sanʼatshunoslik fanlari doktori (?). Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti professori (2004—2005), O’zbekiston san’at akademiyasi Bosh ilmiy kotibi (2005-2010), Oʻzbekiston sanʼat galereyasi direktor oʻrinbosari (2009-2017). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining oʻrinbosari (2017—?).

Tarjimayi holi Kamola Akilova 1964-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. U 1982-yili Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining sanʼat tarixi va nazariyasi fakultetiga oʻqishga kirib, 1987-yil tugatgan. U 30 yil davomida qadimgi davrdan boshlab to shu kungacha boʻlgan Oʻzbekiston tasviriy va amaliy-bezak sanʼati tarixi va nazariyasi, shuningdek, yaqin va uzoq chet mamlakatlar tasviriy sanʼatini oʻrganish bilan shugʻullanmoqda. 140 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, xalqaro va respublika koʻrgazma loyihalarining kuratori, sanʼat masalalari boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy konfirensiyalar tashkilotchisi va qatnashchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼat Oliy attestatsiya Komissiyasi ekspertlar kengashi raisi. Bundan tashqari Kamola Akilova boshchiligida 8 ta yangi muzey tashkil etildi. Madaniy meros obyektlarini muhofa qilish boʻyicha Davlat ilmiy-tadqiqot loyihalashtirish institutini tiklash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Manbalar

Turkum:1964-yilda tugʻilganlar