Alina JidkovaframelessJidkova 2009-yil Davlatilink=|alt=|border|23x23px RossiyaHozirgi yashash joyiBoca Raton, Florida, AQSH.Tugʻilgan vaqti va joyi 1977-yil 18-yanvar Moskva, Sovet IttifoqiBoʻyi1.68 m Alina Vladimirovna Jidkova (1977-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq professional tennischi. Faoliyati davomida Jidkova 2005-yilda Meksika Ochiq chempionatida WTA juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ITF musobaqalarida toʻqqizta yakkalik va toʻqqizta juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2005-yil mart oyida Jidkova dunyodagi eng yaxshi yakkalik musobaqalar reytingida 51-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2003-yil avgust oyida u juftliklar reytingida 50-oʻrinni egalladi.
Yoshligi Alina Sovet Ittifoqining oʻsha paytdagi poytaxti Moskvada muhandis va sobiq professional ogʻir atletikachi Vladimir va maktab oʻqituvchisi, 100 metrga yugurish boʻyicha sportchi Lina oilasida tugʻilgan. Uning bir akasi bor, Dmitriy, sobiq bokschi, hozirda u qurilish biznesiga ega. Alina oʻzining dastlabki yillarini Moskvaning „Spartak“ tennis klubida oʻtkazdi. Keyinchalik Alina Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi va Floridadagi Nik Bolletyrening tennis akademiyasida tahsil oldi.
Tennis faoliyati 2004-yilda u Serena Wlliamsni toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etib, Generali Ladies Linz musobaqasining chorak finaliga chiqdi. Williamsdan tashqari, Alina Yelena Yankovich, Mery Peers, Samantha Stosur, Alisia Molik, Chanda Rubin, Amanda Coetzer, Brenda Shults-MacCarti, Amy Frazier, Petra Martich va boshqa taniqli tennischilarga qarshi baxslarida gʻalaba qozongan. 2005-yilda Alina Tatyana Perebiynis bilan hamkorlikda Akapulkoda boʻlib oʻtgan WTA Tour turnirining juftlik bahslarida gʻolib chiqdi.
Nafaqa va murabbiylik faoliyati 2010-yilgi mavsum oxirida Jidkova professional tennisni tark etdi. Uning soʻnggi rasmiy yakkalik oʻyini 2016-yilgi Olimpiya chempioni Monika Puigga qarshi oʻtkazildi. Keyinchalik u Galina Voskoboyeva, Kseniya Pervak va Kaia Kanepi uchun murabbiy boʻlib ishlagan. Murabbiy sifatida Alina Jidkova Kaia Kanepi bilan 2017-yilda AQSH Ochiq chempionati turnirining chorak finaliga chiqdi.
Shaxsiy hayoti Jidkova Florida shtatining Boca Raton shahrida istiqomat qiladi va tadbirkor Sascha Ghodsga turmushga chiqqan. Jidkova va Sascha Ghods 2010-yil 18-dekabrda Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan marosimda turmush qurishdi.
WTA karyera finallari
Juftliklar: 4 (1 ta chempionlik, 3 ta ikkinchi oʻrin) Natija Sana Turnir Yuzasi Hamkor Raqiblar Hisob Magʻlubiyat 2003-yil fevral AQSh Ochiq chempionati Qattiq Brianne Stuart Saori Obata Akiko Morigami 1-6, 1-6 Gʻalaba 2005-yil fevral Meksika Ochiq chempionati Loy Tatyana Perebiynis Rosa Mariya Andres Rodriges Konchita Martines Granados 7-5, 6-3 Magʻlubiyat 2006-yil oktyabr Tournoi de Kvebek, Kanada Qattiq Jill Craybas Carli Gullikson Laura Granville 3-6, 4-6 Magʻlubiyat 2007-yil iyul Cincinnati ochiq chempionati, AQSh Qattiq Tatyana Pouchek Betany Mattek Sania Mirzo 6-7 , 5-7
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar