Tanja Niskanen (1992-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — finlandiyalik xokkeychi va Finlandiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, hozirda Naisten Liga jamoalaridan biri boʻlgan KalPa Naiset jamoasi bilan oʻynaydi. 2022-yil fevral oyida Niskanen ikkinchi marta Olimpiya oʻyinlari bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, u Finlandiya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan va 2022-yil mart oyida 2022-yilgi Aurora Borealis kubogi pley-off bosqichidan soʻng elit darajadagi klub musobaqalaridan voz kechish niyatini borligi haqidagi gap soʻzlarga oʻz fikrini bildirib bu gap soʻzlar toʻgʻri ekanini tasdiqlagan.
Sportdagi faoliyati Niskanen birinchi marta 2009-yilda Finlandiya milliy terma jamoasiga qoʻshilgan va 2011-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzining yirik turnirdagi debyutini qilgan. Finlandiya milliy terma jamoasi vakili sifatida u Pyeongchang-2018 va Pekinda 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida xokkey boʻyicha ayollar turnirlarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. U 2019-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan, 2011, 2017 va 2021-yillarda turnirlarda bronza medallarini qoʻlga kiritgan va 2016-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan2019 IIHF Womenʼs World Championship roster.
Niskanen Finlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar xokkey terma jamoasining oʻsmir oʻyinchisi sifatida 2008, 2009 va 2010-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Niskanen hozirda Naisten Liganing KaIPa Naiset jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar