Stefan Savich (; 1991-yil 8-yanvarda, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasida tugʻilgan) – chernogoriyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasining Trabzonspor klubi va Chernogoriya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Mojkovacda tugʻilgan Savić oʻz faoliyatini mahalliy Brskovo klubida boshlagan. Professional shartnomasini ikl bor BSK Borcha jamoasi bilan imzolagan, keyinchalik esa Partizan jamoasiga oʻtgan. Stefan „Partizan“ klubi tarkibida Serbiya chhempionligi va kubogini qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi mavsum avvalida esa 6 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ klubiga oʻtgan va u yerda dastlabki va yagona mavsumida Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Italiyaning Fiorentina klubiga koʻchib oʻtgan. Fiorentina klubi tarkibida uch mavsumda 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2015-yilda Atletiko Madrid bilan shartnoma imzolagan. Atlético jamoasi bilan 2016-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan, 2018-yilda UEFA Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan va 2021-yilda esa La Ligada gʻolib chiqqan.
2010-yildan beri Chernogoriya terma jamoasining tarkibida muntazam ishtirok etib keladi va 70 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, toʻqqizta gol urgan.
Futbolchilik faoliyati Chernogoriya uchinchi ligasidan „Brskovo“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. U professional faoliyatini „Borcea“ jamoasida boshlagan, u yerda ikki mavsum yoshlar jamoasida oʻynagan. 2010/11-yilgi mavsumda „Partizan“ tarkibida u Serbiya chempioni va Serbiya kubogi sohibiga aylangan.
2011-yilning 6-iyulida "Manchester Siti" rasmiy ravishda Stefan Savichni sotib olgani haqida xabar berilgan edi, bu transfer baʼzi maʼlumotlarga koʻra, taxminan 10 million funtga baholangan. Savich bir yildan soʻng „Fiorentina“ himoyachisi Matiya Nastashichni Manchesterga koʻchirish kelishuvi doirasida klubni tark etgan.
2015-yilning 21-iyulida u 12 million yevro evaziga Madridning „Atletiko“ klubiga oʻtgan.
Terma jamoada Savich Chernogoriya terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 11-avgustida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi. 2011-yil 10-avgustda Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkita gol kiritishga erishgan va bu uning terma jamoadagi ilk gollari boʻlgan.
Faoliyat statistika
Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLigga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBSK Borča2008–09Serbiya birinchi ligasi3000———302009–10Serbiya Superligasi21111———2222010–113000———30Jami27111———282Partizan2010–11Serbiya Superligasi20140—40—281Manchester City2011–12Premyer-liga111105030002012012–13000000001010Jami11110503010211Fiorentina2012–13Serie A26210———2722013–1431030—60—4002014–1529230—90—412Jami86470—150—1084Atlético Madrid2015–16La Liga12050—70—2402016–1732170—100—4912017–1827030—70—3702018–1918020—10102202019–2022000—41202812020–2133110—80—4212021–2228000—50003302022–2322040—30—2902023–2423030—6010330Jami2172250—511402973Trabzonspor2024–25Turkiya Superligasi13040—30—2002025–2612110——00131Jami25150—3000331Umumiy faolliyat statistikasi38610431507615051514
Xalqaro
+ Milliy terma jamoa va yillar boʻyicha oʻyinlar soni va urilgan gollarMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarChernogoriya201040201182201270201360201440201571201641201760201841201920202030202160202232202382202410202540Jami779
2025-yil 6-iyunda oʻynalgan oʻyinlar holatiga koʻra: Chernogoriya hisobi birinchi oʻrinda koʻrsatilgan, ballar ustuni Savichning har bir golidan keyingi hisobni aks ettiradi.
+ Sana, joy, oʻyin, raqib, hisob, natija va musobaqa boʻyicha xalqaro gollar№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusobaqa12011-yil 10-avgustLoro Boriçi stadioni, Shkoder, Albaniya71–12–3Oʻrtoqlik22–132015-yil 8-sentyabrZimbru stadioni, Kishinyov, Moldova331–02–02016-yilgi Yevropa chempionati saralashi42016-yil 8-oktyabrPodgoritsa stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 385–05–02018-yilgi jahon chempionati saralashi52018-yil 10-sentyabrPodgoritsa stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 501–02–02018-19-yilgi UEFA Millatlar ligasi C62022-yil 17-noyabrPodgoritsa stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 631–22–2Oʻrtoqlik72–282023-yil 7-sentyabrDarius va Girėnas stadioni, Kaunas, Litva692–12–22024-yilgi Yevropa chempionati saralashi92023-yil 11-sentyabrPodgoritsa stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 701–02–12024-yilgi Yevropa chempionati saralashi Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FK BSK Borča futbolchilari Turkum:FK Partizan futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Trabzonspor futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar