Trio Mandili (მანდილი) Gruziya musiqiy guruhining hozirgi paytdagi tarkibi Tatuli Mgeladze (თათული მგელაძე), Tako Tsiklauri (თაკო წიკლაური) va Mariam Kurashidiani (მარიამ ქურასბედიანი)lardan iborat.

Ular an'anaviy gruzin torli cholg'usi bo'lgan panduri jo'rligida qo'shiq kuylaydilar. Ular Gruziyada "Apareka" gruzin xalq qo'shig'ini ijro etgan. Ular musiqiy videoni ijtimoiy tarmoqqa yuklashi bilan mashhur bo'lishdi. Ushbu video yetti milliondan ortiq koʻrishlar soniga erishganTamada Travels: Georgia's Instant Singing Stars3 Women Harmonizing A Georgian Song Will Transport You To Another Time.

Trio Mandili boshqa tillarda qo'shiq kuylagan. Masalan, "Goron ki na kalon ki duniya hai dilwalon ki" hind qo'shig'i (inglizcha tarjimasi: Not to fair-skinned people or dark-skinned people, the world belongs to those with good hearts), shuningdek, Respublika kunida polshaliklarning "Lipka" (inglizcha tarjimasi:Little linden) qo'shig'ini ijro etgan.

Diskografiya Yil Sarlavha Turi Yorliq 2015-yil With Love, Trio Mandili CD, albom EL ITALIYA 2016-yil With Love, Trio Mandili LP, albom, RE Merlins Orr Records MN 1014LP Yr Germaniya 2017-yil Enguro, Trio Mandili CD, albom EL ITALIYA 2021-yil Sakartvelo, Trio Mandili CD, albom EL ITALIYA

Guruh a'zolari

Tatuli Mgeladze - bosh va orqa vokal Mariam Kurasbediani - minus va ba'zan bosh vokal, panduri (an'anaviy gruzin torli asbobi ijrochisi) Tako Tsiklauri - qo'llab-quvvatlovchi va vaqti-vaqti bilan yetakchi vokal

Manbalar