Qudratilla Axmedovich Axmedov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. Shoir va yozuvchi Gʻafur Gʻulomning kuyovi.

Tarjimai holi 1930-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1952-yildan KPSS aʼzosi.

1952-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (TDIU) tugatgandan soʻng TDIUning qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi aspiranti, assistenti. 1961-yildan raykom birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS MK Oʻrta Osiyo byurosi inspektori. 1965—1971-yillarda Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, raisi. 1971-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1974-yildan Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Qoraqalpogʻiston ASSR 636-son Toʻrtkoʻl saylov okrugidan 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati (1974—1979), Ittifoq Sovetining Plan-byudjet komissiyasi aʼzosi. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.

Oilasi Xotini — Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gulomova) (1938-yil 4-iyulda tugʻilgan), rassom, muzey direktori. Otasi Gʻafur Gʻulom. Uch nafar farzandi bor. Durbek Qudrattilaevich Ahmedov — iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov — irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) — tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos.

Asarlari Ekonomika Uzbekskoy SSR v period razvitogo sotsializma [Tekst] / K. A. Axmedov. — Tashkent: Uzbekistan, 1977. — 232 s. Zadachi sovershenstvovaniya deyatelnosti narodnix universitetov respubliki v svete resheniy XXV sʼezda KPSS [Tekst] / K. Axmedov; O-vo „Znanie“ UzSSR. — Tashkent: O-vo „Znanie“ UzSSR, 1977. — 18 s. — (V pomoщ lektoru).

Havolalar Deputati Verxovnogo Soveta SSSR. Tom 9. — Izd-vo „Izvestiya Sovetov deputatov trudyaщixsya SSSR“. — 1974. — S. 41. GA RF R7523 105 152 „Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie s 26 po 27-avgusta 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 14/ s № 2075-VIII po № 2078-VIII. Tom 7“

Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari