Kun.uz – 2012-yil yanvarida ishga tushgan oʻzbek tilidagi eng faol internet-nashrlardan biri. Sayt muassisi „WEB EXPERT“ mas`uliyati cheklangan jamiyati. Rahbari – Umid Shermuhammedov.
2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)dan 0987-raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida xabar va yangiliklarni yoritib beruvchi eng tezkor saytlardan biri hisoblanadi.Gossayti ne uspevayut za novostyami, Gazeta.uz
Bugungi kunda nashr yangiliklarini 1 kunda 351 ming kishi, 1 oyda 10 milliondan ortiq kishi oʻqiydi. Saytdagi koʻrishlar soni esa 1 oyda 23 milliondan oshadi. Sayt 2012-yili.uz milliy domeni internet-festivalida Eng Yaxshi OAV Sayti nominatsiyasi gʻoliblaridan biri boʻldiNazvani pobediteli internet-festivalya. „Gazeta.uz“ – sredi luchshix, Gazeta.uz. Alexa maʼlumotlariga koʻra, „kun.uz“ sayti – Oʻzbekistonda eng mashhur saytlar ichida 4-oʻrinda.
Bugungi kunda nashrda 50 dan ortiq tajribali, taniqli, yosh jurnalistlar, shuningdek, muharrir hamda musahhihlar, tasvirchilar faoliyat olib boradi.
Manbalar
Havolalar
Facebook sahifasi Twitter sahifasi Instagramk sahifasi
Turkum:Oʻzbekiston internet ommaviy axborot vositalari