Kito metropoliteni ( — Ekvador poytaxti Quito shahrida qurilayotgan metro tizimi.

Hikoya Kito janubdan shimolga juda choʻzilgan. Shahar uzunligi 45 kilometr, kengligi esa 3-5 kilometrni tashkil etadi. Kito metropoliteni shahar yoʻllaridagi ertalabki va kechki tirbandlik hamda yuqori tezlikdagi transportga boʻlgan ehtiyoj sababli qurilmoqda. Metropolitenni qurish haqida gap-soʻzlar 1978-yildan beri davom etmoqda, ammo qurilish 2012-yil dekabr oyida boshlangan.

Qurilish Metropolitenning 16 ta bekatdan iborat boʻlgan 1-yoʻnalishi qurilishi 2012-yil dekabr oyida boshlangan.

Yoʻnalishlar

1-yoʻnalish:16 bekat. 22 km. 1-yoʻnalish:Rejalashtirilmoqda 1-yoʻnalish:Rejalashtirilmoqda

Ishga tushurilishi Metropoliten 2016-yilning birinchi yarmida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi, keyin 2020-yil mart oyiga qoldirilagan, ammo mablag‘ yo‘qligi sababli rasmiy ochilish marosimi 2022-yilning fevralida rejalashtirildi . Ushbu muddatda ham metropoliten ishga tushirilmadi va keyingi eʼlon qilingan ochilish sanasi — 2022-yil iyun deb belgilandi. Ammo 5-avgust kuni tizimni boshqaradigan kompaniya oʻz mas’uliyatidan voz kechgani maʼlum boʻldi. Hozir rasmiylar yangi operator qidirmoqda.

Bekatlar bekatlar ketma-ketligi janubdan shimolga qarab berilgan.

Kitumbe (Quitumbe) Moran Valverde Solanda El Kalzado El Recreo La Magdalena San- Fransisko Plaza del Teatro La Alameda El Ejido Universidad Central Pradera (Pradera) La Karolina Inaquito La Gipijapa (La Jipijapa) El Labrador

Metropoliten xususiyatlari Bekatlarlar bir-biridan taxminan 1,3 km masofa uzoqlikda boʻlib, 15-26 m chuqurlikda joylashgan. Olti vagonli poyezdlar qatnashi rejalashtirilgan.Ishga tushirilgach u ekvatorga eng yaqin metroga aylanadi.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha metropolitenlar