Javohir Alisherovich Siddiqov (, 1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. Javohir ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.
2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Qoʻqon 1912 klubi tarkibiga oʻtgan va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yildan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati 2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014—2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yil Oʻzbekiston U-23 (Olimpiya) terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlaridan ishtirok etgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan.
Siddiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan va turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa1.2019-yil 13-yanvarAl Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari1-04-0AFC Osiyo kubogi 2019
Yutuqlari Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2015, 2019, 2020 Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi (2): 2019, 2020, Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi (1): 2019 Nasaf
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1) 2024 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2) 2023, 2024, 2025 Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: (1) 2023
Terma jamoa Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni: 2018-yil
Manbalar
Havolalar
Javohir Siddiqov Soccerway saytida Javohir Siddiqov Milliy futbol terma jamoalar saytida Javohir Siddiqov Transfermarkt saytida Javohir Siddiqov Worldfootball saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar