Andrey Lvovich Zaykin (; 1968-yil 15-avgust, Toshkent, —1993-yil 1-iyun, Sankt-Peterburg) – sovet, oʻzbek va rus sobiq futbolchisi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Toshkent shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi S. A. Arutyunov. 1984—1986-yillarda „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Paxtakor jamoasini tark etganidan soʻng 1986-yilda „Shaxtyor“ (Angren) va 1987-yilda „Zarafshon“ (Navoiy) klublarida ham oʻynagan.

Rossiya chempionatlarida 1988—1989-yillarda SKA Rostov klubi tarkibida oʻynagan. Bu davrda 19 oʻyin oʻtkazib 32 ta gol oʻtkazib yuborgan.

1990-yilda Leningradning „Zenit“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 1991-yilda Latviyaning Pardaugava uchun 10 ta oʻyin oʻtkazgan va keyinchalik „Zenit“ klubi tarkibiga qaytgan. 1992-yilda Andrey Rossiya oliy ligasida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

1993-yil 1-iyunda 25 yoshida Zaykin ogʻir va davolab boʻlmaydigan kasallikdan vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

Andrey Zaykin Footboook saytida Andrey Zaykin Zenit klubi tarixida

Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC SKA Rostov-on-Don futbolchilari Turkum:FC Pārdaugava futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar