„Bilaman, bu — hayot“ (shunchaki „Bilaman, bu hayot“ va „Bu hayot“ oʻlaroq ham yoziladi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1997-yil chiqarilgan „7-albom“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan.
„Bilaman, bu — hayot“ „Bolalar“ guruhining 1990-yillarning ikkinchi yarimida chiqarilgan eng taniqli qoʻshiqlarining biridir. Tarona sol major tonalligida yozilgan boʻlib, uning akustik versiyasi ham mavjud. Guruh 2020-yillarda bergan konsertlarida akustik versiyani ijro etishni odat qilgan.
Manbalar
Havolalar
„Bilaman, bu — hayot“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Bilaman, bu — hayot“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida
Turkum:Bolalar guruhi qoʻshiqlari Turkum:1997-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar