Ivan Nagayev (1990-yil 3-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati 2011-yilning 24-fevralida Ivan 2011-yilgi mavsum uchun „Bunyodkor“ futbolchisi sifatida rasman eʼlon qilinganPhoto: FC Bunyodkor’s new players presentation for Season 2011 24 February 2011.. 2011-yilgi mavsum uchun Bunyodkor klubi tomonidan Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berilgan va mavsumning ikkinchi yarmida Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynaganPhoto: FC Bunyodkor’s new players presentation for Season 2011 24 February 2011..
2012-yilgi mavsumda Ivan „Dinamo“ safida 22 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. 2012-yilning 13-dekabr kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumda „Lokomotiv“ jamoasida oʻynab, klubning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida 3-oʻrinni egallagan. 2015-yilning yanvar oyida u Quvaytning „Al-Qadisiya“ klubiga olti oylik muddatga ijara asosida oʻtgan 2017-yilda esa „Buxoro“ bilan ikki yillik shartnoma imzolaganIvan Nagaev na pravax arendi pereshel v kuveytskiy „Al Kadisiya“ (2): Yandeks. Novosti. 2018-yilgi mavsum oldidan Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubiga oʻtgan. Shu yilning yozida „Qizilqum“ jamoasi safiga qaytgan. 2019-yilgi mavsum yozgi qismida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan. 2021-yilgi mavsumda sobiq jamoasi „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilgi mavsum boshida faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro oʻyinlar Nagayev 2009-yili Misrda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati final bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi safida toʻp surgan. U Angliyaga qarshi oʻyinda bitta gol urgan va yakunda oʻyin 1:1 hisobida durang yakunlangan. 2010—2011-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2012—2019-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: 2013, 2014, 2015 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2014, 2016 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2013-yil Quvayt kubogi sohibi: 2014-15
Manbalar
Havolalar Ivan Nagayev
Ivan Nagayev Soccerway saytida Ivan Nagayev Transfermarkt saytida
Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kuvaytdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Quvayt Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Qadsia SC futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Bekobodda tugʻilganlar