Isroil ayollar ligasi (yahudiy tilida: ליגת נשים, talaffuzda Ligat Nashim, yaʼni Ayollar ligasi) — Isroil ayollar futbolining ikkin diviziyadan iborat ligasi. Isroil ayollar ligasi 1998-yildan beri Isroil futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi.

Formati Isroil ayollar ligasi ikki diviziyaga boʻlingan. Ular: yuqori diviziya Ayollar Premier-ligasi (Ligat Nashim Rishona) 9 jamoadan iborat „Birinchi ayollar ligasi“ va Ayollar Leumit ligasi (Ligat Nashim Shniya) deb nomlangan „Ikkinchi ayollar ligasi“. „Ikkinchi ayollar ligasi“ roʻyxatdan oʻtuvchilar soniga qarab oʻzgaruvchan sonli jamoalarni oʻz ichiga oladi. 2015-yilda Isroil ayollar ligasida uchinchi diviziya yaratildi. Bu diviziya dastlab Mama-Fut ligasi (maʼnosi: onalar uchun futbol ligasi) deb nomlandiWomenʼs Football Launched the Mama-Foot League IFA, 27 January 2015 va 2016-yilda 3-diviziya nomi Ayollar Artzit ligasiga oʻzgartirildi. Uchinchi diviziya (noprofessional) kichikroq maydonlarda, har biri 15 daqiqadan ikki boʻlimda va cheksiz almashtirishlar bilan oʻtkaziladi. Uchinchi diviziya noprofessional boʻlgani uchun. 3-diviziya gʻolibi ikkinchi diviziyaga chiqmaydiLiga Artzit Nashim IFA Oho Mama: Ironi Modi’in Went Top of the Womenʼs Amateur League Dorit Siton, 14 March 2016, Modiinet .

2007-2008 va 2010-2011-yillar oraligʻida Isroil ayollar ligasi 12 jamoadan iborat bir diviziyadan iborat boʻlib, davraviy (uy va safar oʻyinlaridan iborat) turnirda eng koʻp ochkoni qoʻlga kiritgan klub chempionlikni ham qoʻlga kiritdi, agar ikki jamoa ochkolari teng boʻlib qolsa, gʻolibni hal qiluvchi pley-off oʻyini aniqlab beradi. 2010-2011-yillarda Isroil ayollar ligasi 2006-2007-yillarda mavjud boʻlgan ikkinchi diviziyali tizimni qaytadan qabul qildiThe FA: The Police Will Return Partially to the Stadiums Dana Bahat, 27 October 2010, One .

2011-yildan boshlab Isroil ayollar ligasida ishtirokchi klublar birinchi navbatda anʼanaviy davra oʻyinlari boʻyicha oʻynashdi, soʻngra toʻrtta eng yaxshi jamoalar oʻrtasidagi chempionat pley-offida oʻzaro ikki marta toʻqnash kelishadi. Yakuniga koʻra, birinchi oʻrinni egallagan jamoa Isroil ayollar ligasida gʻolib chiqardi va UEFA ayollar chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritardi. Past natija koʻrsatgan jamoalar quyi ligaga tushib qolmaslik uchun bir martadan o‘zaro o‘ynashadi, eng quyida joylashgan klub esa ikkinchi ligaga tushib ketadi. Ikkinchi diviziya ikki davrali tizimda oʻtkaziladi, har bir jamoa oʻz raqiblari bilan toʻrt marta oʻynaydi, top klub esa yuqori diviziyaga chiqadiChampionship Regulations IFA, pp. 74-81 .

Isroil ayollar ligasi chempion jamoalari roʻyxati Isroil ayollar ligasi 1998-yil oxirida tashkil etilgan va 1998-yil oktyabr oyidan jamoalar oʻynay boshlaganWomenʼs Football History Avraham Kochen, Womenʼs Football in Israel (via Internet Archive) Iche Menache At the End of Ligat Nashim: Itʼs a Year Weʼd Rather Forget Lior Weitz, 1 June 2014, walla.co.il Women: If Thereʼs No League, At Least Thereʼs the Cup Lior Weitz, 17 May 2004, walla.co.il . Season Birinchi diviziya Ikkinchi diviziya Uchinchi diviziya 1998-1999 Maccabi Haifa  — - 1999-2000 ASA Tel Aviv University 2000-2001 Hapoel Tel Aviv 2001-2002 Maccabi Haifa 2002-2003 Maccabi Holon 2003-2004 Liga toʻxtatilgan 2004-2005 Maccabi Holon 2005-2006 2006-2007 Ironi Bat Yam 2007-2008 - 2008-2009 2009-2010 ASA Tel Aviv University 2010-2011 Hapoel Beʼer Sheva 2011-2012 F.C. Ramat HaSharon 2012-2013 F.C. Kiryat Gat 2013-2014 Maccabi Tzur Shalom Bialik 2014-2015 Maccabi Beʼer Sheva Bnot Meitav Tel Aviv 2015-2016 F.C. Ramat HaSharon Bnot Netanya F.C. 2016-2017 F.C. Kiryat Gat Hapoel Raʼanana Bnot Ironi Modi’in 2017-2018 Hapoel Beʼer Sheva Maccabi Bnot Or Avika 2018-209 ASA Tel Aviv University Maccabi Bnot Emek Hefer Hapoel Bnot Arabe 2019-2020 F.C. Ramat HaSharon Hapoel Beʼer Sheva ASA Tel Aviv University B 2020-2021 F.C. Kiryat Gat Hapoel Marmorek Hapoel Tel Aviv

Isroil ayollar ligasi chempion jamoalari reytingi Reyting Klub Chempionliklar soni1 ASA Tel Aviv 82 Maccabi Holon 63 Kiryat Gat 24 Maccabi Haifa5 Ramat HaSharon6 Hapoel Tel Aviv 1

Manbalar

Havolalar

Ligat Nashim Rishona Isroil futbol assotsiatsiyasi

Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Isroildagi futbol ligalari Turkum:Isroildagi ayollar futbol ligalari