Irlandiya ayollar milliy ligasi (qisqartmasi: WNL; ) – Irlandiya Respublikasidagi ayollar futbol assotsiatsiyasining yuqori darajadagi ligasi. Irlandiya ayollar milliy ligasi Irlandiya Futbol Assotsiatsiyasi va Irlandiya Ayollar Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan birgalikda tashkil etilgan. LFAI (Irlandiya ayollar futbol assotsiatsiyasi) ilgari 1970 va 1980-yillarda Irlandiya ayollar ligasi deb nomlanuvchi ayollar milliy ligasini tashkil qilgan. Joriy Irlandiya ayollar milliy ligasi 2011-yilda tashkil etilgan. Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk gʻolibi Peamount United jamoasi edi. Irlandiya ayollar milliy ligasi gʻolib jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi.

Tarixi

Irlandiya ayollar ligasi Irlandiya ayollar futbol assotsiatsiyasi birinchi marta 1973-yilda ayollar milliy ligasini tashkil qilgan. Bu liga Irlandiya ayollar ligasi nomi bilan tanilgan. Dastlab Irlandiya ayollar ligasida oʻn ikkita jamoa ishtirok etishga taklif qilingan. Ular orasida Dundalk, Finn Harps, Cork Celtic, Limerick va Sligo Rovers kabi Irlandiya erkaklar ligasi klublari bilan bogʻlangan bir nechta jamoalar bor edi. Boshqalar qatoriga Benfica, Evergreen, Avengers (Dublin), Cahir Park (Tipperary) va Galway shahrining uchta jamoasi — Beejays, Happy Wanderers va Wasps jamoalari ham Irlandiya ayollar ligasiga kirdi.

Irlandiya ayollar ligasi 1973-yil mart oyida boshlangan va ligada jamoalar oʻttiz besh daqiqalik boʻlimlarni oʻtkazishgan.

Irlandiya ayollar milliy ligasi Hozirgi ayollar milliy ligasi 2011-2012 yillarda tuzilgan. Dastlab yettita klub Irlandiya ayollar milliy ligasiga qoʻshilishga taklif qilingan edi. Ular orasida Peamount United, Castlebar Celtic, Cork Womenʼs FC, Raheny United, Shamrock Rovers, Wexford Youths va Bray Wanderers jamoalari bor edi. Irlandiya ayollar milliy ligasi UEFA moliyaviy koʻmagida tashkil etilgan . Yigirma oltita klub Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk mavsumiga qoʻshilish uchun ariza topshirgan edi, lekin faqat 7 ta jamoa qabul qilindi. „Pimaunt United“ Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk chempioni bo‘ldi va ikkinchi o‘rindagi „Reyni United“ jamoasidan 3 ochkolik farq bilan chempion bo‘ldi. Keyingi ikki mavsumda, 2012-2013 va 2013-2014-yilgi mavsumlarda, Raheny United jamoasi Irlandiya ayollar milliy ligasi chempioni boʻldi.

Irlandiya ayollar milliy ligasi 2013-yil oktabr oyida Stephani Rochening „Peamount United“ jamoasi safida Wexford Youths jamoasiga qarshi o‘yinda urgan golidan so‘ng xalqaro eʼtiborga sazovor bo‘ldi va bu gol YouTubeʼda tarqalib ketdi. Bu vaqtda Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻyinlari televideniyeda koʻrsatilmagani uchun gol tasvirini jamoa bosh murabbiyi Eileen Gleeson internetga yuklagan.

2017: Yangi oʻzgarishlar 2016-yilda Irlandiya ayollar milliy ligasi avgustdan dekabrgacha qisqartirilgan mavsumga oʻtkazildi. Unga koʻra Irlandiya ayollar milliy ligasidagi har bir jamoa 14 ta oʻyin oʻtkazdi. 2017-yildan boshlab Irlandiya ayollar milliy ligasi yozgi ligaga aylantirildi.

Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻzining 10 yilligini 2021-yilda yangi homiy (SSE Airtricity) tashkilot bilan nishonladi. Irlandiya ayollar milliy ligasi Irlandiya erkaklar ligasi bilan bir xil homiyga ega.

2022-yilgi mavsum jamoalari JamoaJoylashgan shaharUy stadioni2021-mavsumdagi oʻrniAthlone TownAthloneAthlone Town Stadium7BohemiansDublin (Phibsborough)Dalymount Park6Cork CityCorkTurners Cross8DLR WavesDún LaoghaireUCD Bowl4GalwayGalwayEamonn Deacy Park5Peamount UnitedNewcastle, South DublinGreenogue2ShelbourneDublin (Drumcondra)Tolka Park1Sligo RoversSligoThe Showgrounds -Treaty UnitedLimerickMarkets Field9Wexford YouthsCrossabegFerrycarrig Park3

Homiylik 2011-2012 va 2013-2014-yilgi mavsumning oxiri oraligʻida Irlandiya ayollar milliy ligasiga Bus Éireann kompaniyasi homiylik qilgan. 2014-yil 20-avgustda Aviva stadionida Continental Tyres kompaniyasi Irlandiya Respublikasidagi ayollar futbol assotsiatsiyasi uchun kengroq homiylik shartnomasi doirasida Ayollar milliy ligasi va FAI ayollar kubogining yangi bosh homiysi sifatida eʼlon qilindi. 2019-yil 5-mart kuni Irlandiya ayollar milliy ligasining toʻqqizinchi mavsumi boshlandi va bu mavsumda Só Hotels tashkiloti yangi homiy sifatida eʼlon qilindi. 2020-yilda Irlandiya ayollar milliy ligasida asosiy homiysi yoʻq edi, chunki Só Hotels tashkiloti oʻtgan mavsumdagi homiylik shartnomasini yangilashni rad etgandi.

2021-yil yanvar oyida Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻziga yangi bosh homiyni jalb qilishni rejalashtirdi va SSE Airtricity (Irlandiya erkaklar ligasi homiysi) bilan amaldagi shartnoma imzoladi. Irlandiya Banki ham Irlandiya ayollar milliy ligasi va WNLning assotsiatsiya yordamchi homiysi sifatida uch yillik shartnoma imzoladi. Homiylik qilgan davr Homiy tashkilot Brend nomi 2011-2013 Éireann avtobusi Bus Éireann ayollar milliy ligasi 2014-2018 Kontinental shinalar Continental Tyres ayollar milliy ligasi 2019 Só mehmonxonalari Só Hotels Ayollar milliy ligasi 2020 - Irlandiya ayollar milliy ligasi (rasmiy nomi) 2021-hozirga qadar SSE Airtricity SSE Airtricity ayollar milliy ligasi

Chempion jamoalar roʻyxati MavsumChempionIkkinchi oʻrinUchinchi oʻrinEng yaxshi toʻpurar (klubi)Gollar soni2011-2012 Peamount United Raheny United Cork Women's F.C. Stephanie Roche (Peamount United) 242012-2013 Raheny United Peamount United Wexford Youths Sara Lawlor (Peamount United) 282013-2014 Raheny United Peamount United Wexford Youths Stephanie Roche (Peamount United) 2014-2015 Wexford Youths UCD Waves Raheny United Áine O'Gorman (UCD Waves) 25 2015-2016 Wexford Youths Shelbourne UCD Waves Áine O'Gorman (UCD Waves) 17 2016 Shelbourne UCD Waves Peamount United Amber Barrett (Peamount United) 16 2017 Wexford Youths Peamount United Shelbourne Amber Barrett (Peamount United) 16 2018 Wexford Youths Shelbourne Peamount United Amber Barrett (Peamount United) 30 2019 Peamount United Shelbourne Wexford Youths Rianna Jarrett (Wexford Youths) 26 2020 Peamount United Shelbourne Wexford Youths Áine O'Gorman (Peamount United) 14 2021 Shelbourne Peamount United Wexford Youths Áine O'Gorman (Peamount United) 16

WNL kubogi chempionlari MavsumChempionHisobIkkinchi oʻrinFinal oʻtkazilgan joy2011-12 Peamount United 1-0 Shamrock RoversTallaght Stadium2012-13 Peamount United 6-3 Castlebar CelticMilebush Park, Castlebar2013-14 Wexford Youths 3-0 Castlebar CelticFerrycarrig Park 2014-15 Raheny United 3-2 (qoʻshimcha vaqtda) Peamount UnitedTolka Park 2015-16Shelbourne3-2 UCD WavesRichmond Park2017 Shelbourne 1-1 (qoʻshimcha vaqtda)5-4 (penaltilar seriyasida) Peamount United Greenogue2018 Peamount United 2-1 Wexford Youths Ferrycarrig Park2019 Shelbourne 1-0 Wexford Youths Ferrycarrig Park2020 Covid-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan

"WNL Shield" kubogi chempionlari MavsumChempionHisobIkkinchi oʻrinFinal oʻtkazilgan joy2015-2016Wexford Youths 1-0ShelbourneFerrycarrig Park

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt Liga uefa.com saytida.

Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Irlandiya