Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (ispan: Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A2, yaʼni Braziliya ayollar milliy chempionati ikkinchi darajali) — CBF (Braziliya Futbol Federatsiyasi) tomonidan oʻtkaziladigan har yilgi Braziliya ayollar klublari oʻrtasidagi futbol turniri.

Tarixi Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi yarim finalchi jamoalari Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)ga koʻtariladi. Ishtirokchi jamoalarni taqsimlash CBF Ayollar futboli reytingi boʻyicha boʻladi va 2018-yildan boshlab ishtirokchilarni aniqlashning dastlabki bosqichini bahslashadigan davlat vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda 2021-yil 18-may kuni Braziliya Futbol Federatsiyasi (CBF) Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi tashkil etilganini eʼlon qildi. Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A2)da vujudga kelayotgan salbiy holatlar tufayli tashkil etilgan. Chunki Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi Braziliya ayollar klublari uchun xuddi „komfort zonasi“ga aylanib qolgandi. Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasida yuqori natija koʻrsatgan 2 jamoa yuqori liga (Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi)ga chiqish imkoniyati bor edi-yu, lekin hech bir jamoa Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasidan pastga tushib ketmasdi. Shu holatni bartaraf etish uchun Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi tashkil etilgan.

Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi mavsumlari

2017-yil

Braziliya Futbol Federatsiyasi ayollar futboli reytingida hali Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1 (Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi)ga kirmagan eng yaxshi 16 jamoa qatnashdi.

16 ta jamoa (jami boʻlib)

2018-yil

Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 2 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa Boshqa shtatlarda bittadan vakil bor jamoa.

29 ta jamoa (jami boʻlib)

2019-yil

Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 2 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa 27 shtatning har biridan bittadan vakil; Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidadagi eng yaxshi 7 jamoa.

36 ta jamoa (jami boʻlib)

2020-yil

Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 4 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa 27 shtatning har biridan bittadan vakil; Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidadagi eng yaxshi beshta jamoa.

36 ta jamoa (jami boʻlib)

2021-yil

Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 4 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa; 27 shtatning har biridan bittadan vakil; Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidadagi eng yaxshi beshta jamoa

36 ta jamoa (jami boʻlib)

2022-yil

Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 24 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi ning qolgan 12 ta jamoasi.

16 ta jamoa (jami boʻlib)

Chempion jamoalar roʻyxati Quyida Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (Campeonato Brasileiro Série A2) chempion jamoalari roʻyxati keltirilgan: Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin 2017 Pinheirense Portuguesa 2018 Minas Brasília Vitória 2019 São Paulo Cruzeiro 2020 Napoli Botafogo 2021 Red Bull Bragantino Atlético Mineiro 2022 Ceará Athletico Paranaense

Yana qarang

Braziliyada sport Braziliyada ayollar futboli Campeonato Brasileiro Seriya A1 Campeonato Brasileiro Seriya A3

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt soccerway.com, oʻyinlar va natijalar Turkum:Liga Turkum:Braziliyadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Braziliya Turkum:Ayollar futboli