Peru ayollar kubogi (ispancha: Copa Peru Femenino) - Perudagi ayollar futboli uchun ikkinchi darajali liga musobaqasi boʻlib, Peru ayollar kubogi rasman 2009-yilda oʻzining ilk mavsumini oʻtkazgan. 2019-yilgacha Peru ayollar kubogi gʻolibi Janubiy Amerika Chempionlar Ligasi va Libertadores de Fútbol Femenino kubogi musobaqasiga yoʻllanma oldi. Peru ayollar kubogi Peru futbol federatsiyasi tomonidan 2009-yilda tashkil etilgan.
Peru ayollar ligasi 2020-yilning fevral oyida Peru ayollar futbol chempionati (ispancha: Campeonato Peruano de Fútbol Femenino) oʻrniga tashkil etilgan boʻlib, Peru ayollar ligasining nomi keyinchalik hozirgi Peru ayollar kubogi (Copa Peru Femenino) deb oʻzgartirildi.
Formati 2008-yilda qabul qilingan va hozirga qadar davom etib kelayotgan musobaqa formatiga binoan 9 ta hududiy liga chempionlari bir hafta davomida oʻzaro toʻqnash kelishadi va Peru ayollar kubogi chempioni nomini aniqlab berishadi. Toʻqqizta jamoa uchtadan uchta guruhga boʻlingan. Keyin har bir jamoa guruhdagi boshqa jamoalar bilan ikkitadan oʻyin oʻtkazadi. har bir guruh gʻoliblari va har uchala guruhni solishtirganda eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohibi Peru ayollar kubogi yarim finalida uchrashadilar. Ular ham final uchrashuvida, ham yarim finalda faqat bir davralik oʻyinlarni oʻtkazishadi (ham uy, ham safar uchrashuvlari emas). 2012-yilgi Peru ayollar kubogida jamoalar soni 12 taga koʻpaytirildi va sakkizta viloyat ligalarining chempion jamoalari va poytaxtning toʻrtta jamoasi ishtirok etdi.
Chempion jamoalar roʻyxati Quyida Peru ayollar kubogi chempion jamoalar roʻyxati keltirilgan:
Campeonato Peruano de Fútbol Femenino (Peru ayollar futbol chempionati) Year Winner Result Runner-up2009 White Star 3–2 Estudiantes Universitarios 2010 Universidad Particular de Iquitos 5–0 Universidad San Antonio de Abad 2011 JC Sport Girls 2–1 River San Borja2012 JC Sport Girls 2–0 Electro Oriente2013 JC Sport Girls 3–0 Internacional2014 Real Maracaná 4–0 Internacional2015 Universitario 7–0 Alfredo Vargas Guerra2016 Universitario 8–0 CGTP 2016–17 Universitario 5–1 Ramiro Villafuerte2017 JC Sport Girls 7–1 Deportivo Educación2018 Deportivo Municipal de Majes 1–1 JC Sport Girls2019 Universitario 6–1 Amazon Sky
Copa Peru Femenino (Peru ayollar kubogi) 2020-yil va 2021-yil Peru ayollar kubogi Covid-19 pandemiyasi sababli oʻtkazilmagan. Hozirda Peru ayollar kubogi 2022-yilgi mavsumi davom etmoqda. Yil Gʻolib Natija Ikkinchi oʻrin egasi 2022aniqlanmoqda –aniqlanmoqda
Chempion jamoalar reytingi ClubWinnersRunners-upWinning yearsRunners-up yearsJC Sport Girls 4 1 2011, 2012, 2013, 2017 2018Universitario 4 0 2015, 2016, 2016–17, 2019 —Deportivo Municipal de Majes 1 0 2018 —Real Maracaná 1 0 2014 —Universidad Particular de Iquitos 1 0 2010 —White Star 1 0 2009 —
Hududlar kesimida chempion jamoalar RegionNº of titlesClubsLima9 JC Sport Girls (4), Universitario (4), Real Maracaná (1)Arequipa2White Star (1), Deportivo Municipal de Majes (1)Loreto1Universidad Particular de Iquitos (1)
Manbalar
Havolalar
Peru futbol federatsiyasi