Vadim Sergeyevich Afonin (1987-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida tayanch yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Klub Toshkentdagi „Traktor“ klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. Vadim Traktor klubining yoshlar jamoasida oʻynagan va professional faoliyatini 2005-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Traktor“ klubining asosiy jamoasida u bir mavsum oʻynagab, 25 oʻyinda ishtirok etgan.
2006-yilgi mavsumda Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtgan. Vadim Qozondagi faoliyati asosan oʻrinbosarlar va farm klub tarkibida oʻynagan. Asosiy jamoa tarkibida ilk, debut oʻyinini Rossiya kubogining 1/16 final bosqichida „Smena“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2010-yilgi mavsumda „Rubin“ jamoasi bilan Hamdoʻstlik kubogini qoʻlga kiritgan. Barcha oʻyinlarda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bilan shartnoma imzolab, Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Afonin Shoʻrtan jamoasi 2012-yil oxirigacha oʻynagan. 2011-yilda „Shoʻrtan“ tarkibida OFK kubogi turnirida ishtirok etib, 1/8 finalgacha yetib borgan. Vadim „Shoʻrtan“ safida jami 69 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.
2013-yilda Rossiyaga qaytgan va Belgorodning Salyut jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2013-yilgi mavsum davomida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol muallifi boʻlgan. 2014-yil fevral oyida Afonin Orenburgning Gazovik klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilning 21-iyun kuni „Anji“ klubi Afonin bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Vadim 2018-yilning 11-yanvar kunida „Orenburg“ jamoasi tarkibiga qaytgan. 2020-yilning 19-fevralida „Orenburg“ bilan shartnomani bekor qilgan.
2020-yil 2-mart kuni Afonin Oʻzbekistonga qaytib kelgan va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Lokomotiv jamoasida mavsum soʻngiga qadar oʻynagan va yil soʻngida faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoada 16 yoshidan boshlab yoshlar terma jamoasiga, keyinchalik esa Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirila boshlangan. Vadim 2012-yili Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ilk oʻyinini Quvayt terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) oʻtkazgan.
2017-yilning 12-iyunda Afonin Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi soʻngi oʻyinini Eron terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Vadim faoliyati davomida terma jamoa tarkibida 6 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Yutuqlar Shaxsiy Rossiya FNL 2015/16 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi.
Manbalar
Havolalar
Vadim Afonin Transfermarkt saytida
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Salyut Belgorod futbolchilari Turkum:FC Orenburg futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari