Xelsinki markaziy kutubxonasi Oodi (), odatda, Oodi deb ataladi, Finlandiyaning Xelsinki shahridagi jamoat kutubxonasi . Kutubxona Kluuvi tumanida, Xelsinki markaziy vokzaliga yaqin va Xelsinki musiqa markazi va Kiasma zamonaviy sanʼat muzeyi yonida joylashgan . Nomiga qaramay, kutubxona Xelsinki shahar kutubxonasi tizimidagi asosiy kutubxona emas, yana bir katta kutubxona Pasila shahrida joylashgan.
Tarixi Kutubxonani qurish bo‘yicha 2012-yilda o‘tkazilgan dizayn tanlovida Finlandiyaning ALA Architects arxitektura firmasi va „ Ramboll Finland“ konstruktiv dizayn guruhi g‘olib chiqdi. ALA Architects 543 boshqa raqobatchilar ustidan gʻalaba qozondi. Kutubxona uch qavatli bino boʻlishi va saunani oʻz ichiga olishi rejalashtirilgan edi (2021-yil holatiga koʻra amalga oshirilmagan)va birinchi qavatdagi kinoteatr boʻlishi rejaga kiritilgan. 2015-yil yanvar oyida Xelsinki shahar kengashi qurilish loyihasini ishga tushirish – 75-8 ovoz berdi. Yangi kutubxonaning taxminiy xarajatlari 98€million tashkil etdi, shundan davlat 2017-yilda Finlandiya mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan €30 million toʻlashga rozi boʻldi. Xelsinki shahri bino uchun €66 millionni ajratdi .
2016-yil 31-dekabrda yangi kutubxona deb nomlanishi maʼlum qilindi. (fin va shved tilida). Bu nom jamoatchilik tomonidan taklif qilingan 1600 ga yaqin nomlardan orasidan tanlangan. Xelsinki shahri direktori o‘rinbosari Ritva Viljanenning so‘zlariga ko‘ra, „Oodi“ eslab qolish, aytish oson va tarjima qilish oson bo‘lgani uchun tanlangan. Tanlov hay’ati ham yangi kutubxonaga shaxs nomini berishni istamadi.
Kutubxona Töölönlahti tumanida Xelsinki musiqa markazi va Kiasma zamonaviy sanʼat muzeyi yonida qurilgan va 2018-yil 5-dekabrda Finlandiya Mustaqillik kuni arafasida ochilgan.
Mukofotlari 2019-yilda Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyalari federatsiyasi (IFLA) Oodini yilning eng yaxshi ommaviy kutubxonasi deb topdi.
Xizmatlari Maxsus ishlab chiqilgan robotlar kitoblarni kitoblar uchun ajratilgan maydon ) boʻlgan uchinchi qavatga olib chiqadi. Qolgan joy uchrashuvlar va tadbirlar uchun moʻljallangan.
Milliy audiovizual institut (KAVI) 2019-yildan beri Xelsinki markaziy kutubxonasi Oodida joylashgan Kino Regina kinoteatrida muntazam arxiv filmlari namoyishini tashkil qiladi.
Galereya
link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/Oodi_July_2019_5.jpg/500px-Oodi_July_2019_5.jpg|center|thumb|500x500px link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/36/Kansalaistori_2019.jpg/500px-Kansalaistori_2019.jpg|center|thumb|500x500px| Qishdagi maydon, chap tomonda Parlament uyi va Xelsinki musiqa markazi joylashgan
Manbalar
Havolalar
Concept designs and images of the upcoming Helsinki Central Library Helsinki Central Library project description