Doniyor Abdumannopov (2000-yil 12-oktyabr) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Andijonning „Andijon“ jamoasi safida toʻp suradi.
Futboldagi faoliyati
Andijon Doniyor oʻzining futboldagi ilk faoliyatini „Andijon“ klubi safida boshlagan. 2019-yildan boshlab Abdumannopov asosiy jamoa safida futbol oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan. U klubdagi debyutini 2019-yilning 10-may kuni „Soʻgʻdiyona“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik esa butun mavsum davomida Abdumannopov zaxirada qolgan va yoshlar jamoasi tarkibida oʻz oʻyinlarini davom ettirgan.
2020-yil boshida futbolchi asosiy jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlaydi. U mavsumdagi ilk oʻyinini 2020-yil 28-fevral kuni „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi oʻtkazagan. Futbolchi klubdagi ilk golini 2020-yilning 30-sentyabr kuni Bekobodning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum oxiriga kelib, futbolchi klub bilan birgalikda pley-off oʻyinlariga yoʻl oladi. 2020-yil 15-dekabr kuni „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazilgan pley-off oʻyinlarida futbolchi raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻladi va klubning Superligada qolishiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Yangi mavsum oʻyinlari 2021-yil 11-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi kechgan bahslarda boshlanadi. 2021-yilning 20-mart kuni „Bunyodkor“ klubiga qarshi bahsda sheriklariga golli uzatmani oshirib, oʻzining mavsumdagi ilk eng yaxshi oʻyinini oʻtkazishga muvaffaq boʻladi. Abdumannopov ilk golini 2021-yilning 27-iyunida AGMK klubiga qarshi kechgan oʻyinda urgan.
Soʻgʻdiyona Doniyor Abdumannopov Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida ham toʻp surgan. 2022-yilning yanvarida ijara asosida Oʻzbekistonning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2022-yil 11-mart kuni „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Klubdagi debyut golini esa 2022-yil 26-aprel kuni „Navbahor“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Keyinchalik futbolchi yana 2 ta uchrashuvda 2 ta gol urishhga muvaffaq boʻlgan. 2022-yilning iyul oyiga kelib Doniyor Abdumannopov Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubini tark etgan.
Navbahor Doniyor 2022-yilning iyul oyida Navbahor klubi tarkibiga oʻtgan. U klubdagi ilk oʻyinini 2022-yil 2-avgust kuni „Nasaf“ klubiga qarshi kechgan bahslarda oʻtkazgan. Klub bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va 2022-yil 30-oktyabr kuni „Nasaf“ klubi bilan oʻyinlarda toʻqnash kelib, klub safidagi debyut golini urishga muvaffaq boʻlgan. Ammo qoʻshimcha boʻlimlarda raqiblarning qoʻli baland kelgan va Navbahaor jamoasi ushbu oʻyinni raqiblariga boy bergan. Abdumannopov chempionatdagi ilk golini 2022-yil 12-noyabr kuni AGMK klubiga qarshi soʻnggi tur oʻyinida kiritadi. Mavsum yakunida futbolchi Superliganing kumush medali sohibiga aylangan. 2023-yilning yanvar oyiga kelib esa klubni tark etgan.
2024-yil yanvar oyida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: (2022-yil); Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: (2022-yil); Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (2018-yil).
Manbalar
Havolalar
Doniyor Abdumannopov Soccerway saytida Doniyor Abdumannopov at FootballFacts.ru (in Russian)
Turkum:12-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Andijon viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar