Sharof Muhiddinov (1997-yil 14-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Nasaf“ klubida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydiPlayer profile in globalsportsarchive.com.
Futbolchilik faoliyati Qarshining „Nasaf“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 2015-yil „Nasaf“ tarkibida boshlagan va 2021-yilgacha qarshiliklar sharafini himoya qilgan. 2021-yil mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ klubi safiga oʻtgan. Sherlar safida Oʻzbekiston chempioni, kubok finalchisi va superkubok sohibiga aylangan. Poytaxtliklarning ajralmas oʻyinchilaridan biriga aylanganiga qaramay, 2022-yil yana „Nasaf“ jamoasi safiga qaytgan.
2023-yil yangi mavsum avvalida Eron yuqori ligasi vakili „Sanat Baft“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Eron jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan. 2023-yil yozgi transfer oynasida Oʻzbekiston Superligasi vakili Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imnzolagan.
2024-yil „Neftchi“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach jamoani tark etgan va 6-fevral kuni sobiq jamoasi, Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2021, 2024 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2015, 2022 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016, 2021, 2024, 2025
Manbalar
Havolalar
Sharof Muhiddinov Transfermarkt sayti
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Sanat Naft Abadan F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar