Pinocchio () — rejissyor Robert Zemeckis tomonidan yozilgan va uning ssenariysi asosida Chris Weitz bilan hamkorlikda suratga olingan Amerikaning musiqiy fentezi filmi. Film 1883-yilda Carlo Collodi tomonidan yozilgan italyancha „Pinocchioning sarguzashtlari. Yogʻoch qoʻgʻirchoq hikoyasi“ kitobiga asoslangan 1940-yildagi ayni nomli multfilmning film versiyasidir. Filmda Tom Hanks, Sintiya Erivo, Luke Evans, Benjamin Evan, Joseph Gordon-Levitt, Keegan-Michael Key va Lorraine Bracco rol ijro etgan.
Film premyerasi 2022-yil 8-sentabrda Disney+ telekanalida efirga uzatilgan.
Rollarda
Ishlab chiqaruvchi 2015-yilning 8-aprelida „Walt Disney Pictures“ kompaniyasi 1940-yilgi „Pinocchio“ multfilmining moslashuvini ishlab chiqayotgani maʼlum boʻldi. Piter Hedges film uchun ssenariy yozishni boshlagani xabar beriladi. 2017-yilning 22-mayida Hedgening oʻrnini ham yozuvchi ham prodyuser sifatida Chris Weitz egallashi eʼlon qilinadi, Sam Mendes esa loyihani boshqarish boʻyicha muzokaralar olib boradi. 2017-yil 13-noyabrda Mendes rejjisyor lavozimini tark etadi.
2018-yilning 20-fevralida filmga rejissyorlik qilish uchun Pol King biriktirilgani, Endrew Milano esa Weitz bilan birgalikda filmga prodyuserlik qilishini maʼlum qiladi. Weitz stsenariysini Jack Tornqayta yozayotgani eʼlon qilingan boʻlsa-da, 2018-yil 21-avgustda Weitz ssenariy ustida hali ham ishlayotganini va 2019-yil davomida Angliya va Italiyada suratga olish yoʻlga qoʻyilganligini oshkor qiladi. Biroq, 2019-yilning 13-yanvarida King „oilaviy sabablar“ tufayli filmni tark etgani maʼlum boʻladi va Disney loyiha uchun yangi rejissyor qidirayotganliklarini eʼlon qiladi.
2019-yil 18-oktabrda Robert Zemeckis film rejissyori boʻlish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani maʼlum boʻladi va film ssenariysining yakuniy loyihasi Weitz, King va Farnabi tomonidan yoziladi. 2020-yil 24-yanvarda Zemeckis filmga rejissyorlik qilishi va Weitz bilan yangi ssenariy yozishi tasdiqlanadi. Shuningdek, Jack va Jacky Levin yordamchi prodyuser sifatida faoliyat yuritishi haqida ham xabarlar tarqaydi.
Suratga olish ishlari Asosiy suratga olish ishlari 2021-yil 17-martda Angliyaning „Cardington Film Studios“ kompaniyasida „Mahogany“ nomi ostida boshlanadi va aprel oyida tugatiladi.
Musiqasi Zemeckisning doimiy hamkori Alan Silvestri filmning musiqasini yozgan. Silvestri va Glen Ballard loyiha uchun yangi qoʻshiqlar yozdilar, ular asl multfilmdagi qoʻshiqlarni ham oʻz ichiga oladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2022-yil filmlari Turkum:2022-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Musiqiy filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Disney+ dasturlari Turkum:Coming-of-age janridagi filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:Doʻstlik haqidagi filmlar Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Robert Zemeckis filmlari