Masaru Ibuka ( 1908-yil 11-aprel - 1997-yil 19-dekabr) yaponiyalik elektronika muhandisi, Sony kompaniyasi asoschilaridan biriKirkup, James. "Obituary: Masaru Ibuka, " Independent (London). December 22, 1997.Fasol, Gerhard. "Electrical engineer and co-founder of SONY Obituary: Masaru Ibuka (1908—1997)" Nature (London). February 26, 1998..

Yoshlik davri Masaru Ibuka 1908-yil 11-aprelda tavallud topgan. U Tasuku Ibukaning birinchi oʻgʻli ediSecret stories ⑭ muie louca KOBECCO (in Japanese)].Ularning Yae Ibuka va Ibuka Kajinosuke bilan qarindoshlik aloqalari boʻlgan. Masaru ikki yoshida otasidan ayrilgan va bobosi qaramogʻiga oʻtgan. Keyinchalik, onasi boshqa turmushga chiqqanidan keyin Kobega koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. U Xyogo prefekturasidagi 1-Kobe oʻgʻil bolalar maktabi (hozirgi Xyogo prefekturasi Kobe oʻrta maktabi)da taʼlim olgan.

Faoliyati Masaru 1933-yilda Vaseda universitetiniSony founder and Waseda alumnus Masaru Ibuka|Waseda University Archives tugatgandan soʻng, kinofilmlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi Foto-kimyoviy laboratoriyada ishlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganda esa, Yaponiya Imperatori dengiz flotida xizmat qilgan.U yerda u Imperator dengiz floti urush davri tadqiqot qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.1945-yil sentyabr oyida u dengiz flotini tark etgan va Tokioning Nihonboshi shahrida bombardimon qilingan Shirokiya doʻkonida radio taʼmirlash ustaxonasiga asos solgan.

1946-yilda urush davri tadqiqotchisi Akio Morita gazetada Ibukaning yangi tashabbusi haqidagi maqolani koʻrib, u bilan aloqa qila boshlaydi. Koʻp davom etmagan yozishmalardan soʻng Akio Morita Tokioda Ibuka bilan birga ishlashga kelishadi. Moritaning otasi tomonidan moliyalashtirilgan holda, ular 1958-yilda Sony korporatsiyasi nomi bilan mashhur boʻlgan Tokio Telekomunikatsiya Muhandisligi korporatsiyasiga asos solishadi. Ibuka 1950-yillarda Bell Labsdan Sonyga tranzistor texnologiyasini olib kelishda muhim rol oʻynadi, shu tariqa Sony tranzistor texnologiyasini harbiy boʻlmagan maqsadlarda qoʻllagan birinchi kompaniyalardan biriga aylandi. U shuningdek, 1967-yilda Sony kompaniyasining Trinitron rangli televizorini ishlab chiqqan tadqiqot guruhini boshqargan. Ibuka 1950-yildan 1971-yilgacha Sony kompaniyasi prezidenti boʻlib ishlagan, 1971-yildan 1976-yil nafaqaga chiqqunga qadar Sony kompaniyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Yutuqlari

Orden va medallari: 1960-yil Moviy lentali „Shon-sharaf“ medali

1978-yil "Muqaddas xazina " ordeni

1986-yil "Chiqayotgan quyosh " ordeni

1986-yil Shvetsiyaning „Qutb yulduzi“ qirollik ordeni birinchi darajali qoʻmondon unvoni

1989-yil „Madaniy xizmat koʻrsatgan shaxs“ unvoni

1992-yilda „Madaniyat“ ordeni

Ilmiy unvonlar Ibuka yana shuningdek, quyidagi ilmiy unvonlarni ham olgan:

1976-yil Tokiodagi Sofiya universiteti faxriy doktori unvoni

1979-yil Tokiodagi Vaseda universiteti faxriy doktori unvoni

1994-yil Braun universiteti (AQSh) faxriy doktori

1972-yil IEEE asoschilari medali

1987-yil IEEE Masaru Ibuka Consumer Electronics mukofoti

Ibuka Nippon skautlari milliy boshqaruv kengashi raisi boʻlib ham ishlagan. 1991-yilda Jahon Skaut Harakati Tashkiloti uni " Bronza boʻri " medali bilan taqdirlagan. 1989-yilda u Yaponiya Skautlar Assotsiatsiyasining eng yuqori unvoni - „Oltin qirgʻovul“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan.

Boshqa mukofotlar: 1964-yil Yaponiya elektrotexnika aloqasi muhandislari institutining “Buyuk xizmatlari uchun” mukofoti

1981-yil Aspen gumanistik tadqiqotlar institutining „Gumanizm va texnologiya“ mukofoti

1986-yil Germaniya Eduard Reyn jamgʻarmasining „Eduard Reyn Faxriy uzuk“ mukofoti

1989-yil Taʼlim vazirligi tomonidan „Madaniy xizmatlari uchun“ mukofoti

1991-yil Prezident mukofoti va Illinoys universiteti medali

Ibuka, shuningdek, „Uchdan keyin kech“ (1971) kitobining muallifi boʻlib, unda u insonning eng muhim bilimlari tugʻilishdan 3 yoshgacha sodir boʻlishini taʼkidlaydi va bundan foydalanish yoʻllari va usullarini taklif qiladi.  Kitobning soʻzboshi Inson salohiyatiga erishish institutlari asoschisi Glenn Doman tomonidan yozilgan.

Oʻlimi Ibuka 1997-yil 19-dekabrda 89 yoshida yurak yetishmovchiligi kasalligidan vafot etdi. Uning davomchisi sifatida bir oʻgʻil va ikki qizi qolgan.

Manbalar

Turkum:Yaponiyalik yozuvchilar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:1908-yilda tugʻilganlar