Eldor Qosimov (1978-yil 8-may – 2015-yil 12-avgust) – oʻzbekistonlik sobiq professioonal futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati Professional faoliyatini Toshkent viloyatining Angren shahridagi „Semurg“ klubida boshlagan. 1999-yilgi mavsumda Eldor 36 ta gol urib, birinchi liga turnirining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2000—2001-yillarda Qosimov „Semurg“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynab, 50 ta oʻyin oʻtkazib, 25 ta gol urgan.
2001—2003-yillarda „Buxoro“ jamoasida oʻynagan. 2004—2005-yillarda Qozogʻistonning „Yassi-Sayram“ va „Ordabasi“ klublarida oʻynagan. 2005-yilning yozida Eldor Buxoroga qaytib kelgan. 2006-yilda jiddiy jarohat olganidan soʻng professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
2015-yil 12-avgustda vafot etdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi uchun oʻyinlar № sana Shahar Raqib Hisob Almashtirish Gol Turnir 1. 2000-yil 29-fevral Toshkent, OʻzbekistonMoʻgʻuliston 8:1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2000-yil 18-may Bangkok, TailandTailand 0:2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Manbalar
Havolalar
Eldor Qosimov Footballfactsru saytida
Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angren klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Turkiston futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari