Park Solomon (; 1999-yil 11-noyabrda tug‘ilgan), shuningdek, Lomon () taxallusi bilan ham tanilgan asli Oʻzbekistonda tugʻilgan, hozirgi kunda Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi aktyor. 2014-yilda Lomon Sweet Revenge (2017) filmida debyut qilgan va All of Us Are Dead (2022) filmlaridagi bosh roli bilan tanilgan.

Yoshligi va taʼlimi Lomon 1999-yil 11-noyabrda O‘zbekistonda tugʻilgan. Ota-onasi Koryo-saram millatiga mansub. Bolaligida Lomon oilasi bilan Rossiyada yashab, keyinchalik Janubiy Koreyaga ko‘chib o‘tgan. Janubiy Koreyada boshlangʻich maktabni tugatgan Lomon Seulning Gangnam tumanida joylashgan Apgujeong oʻrta maktabini tamomlagan.

Intervyuda ismi haqida soʻrashganida shunday javob bergan: „Men hech qaysi dinga e'tiqod qilmayman. Eshitishimcha, otam Bibliyani oʻqgach, mening ilmli va zukko boʻlishimni xohlab, shu ismni qoʻygan“.

Faoliyati Lomon oʻzining debyutini 2014-yilda ikkita — Bride of the Century va 4 Legendary Witches dramatik seriallarida boshlagan. Keyingi yillarda bir nechta boshqa rollarda ko‘rinish berganidan soʻng Lomon 2017-yilda Sweet Revenge filmidagi bosh roli bilan tomoshabinlarning eʼtiborini qozongan.

2019-yilda Lomon filmdagi rol uchun mandarin tilini oʻrganib, Lookism xitoy dramasida qahramonni gavdalantiradi.

Lomon ikki yildan soʻng, 2022-yilda Netflixning zombi mavzusidagi All of Us are Dead seriallarida Li Su-hyeok rolini ijro etish bilan ekranga qaytdi. Serialning xalqaro muvaffaqiyatidan so‘ng Lomon bir haftadan kamroq vaqt ichida Instagram ilovasida 2 million obunachiga ega bo‘ldi. Oʻsha yili Park Disney+ telekanalida efirga uzatiluvchi Third Person Revenge serialidagi Shin Ye-eunga bilan birga bosh qahramon rolida suratga tushgan. Film noyabr oyida efirga uzatiladi.

2022-yil 19-yanvarda Lomon "Big Smile Entertainment" kompaniyasi bilan eksklyuziv shartnoma imzoladi.

Filmografiyasi

Film YilNomiRol2015The Empty HomeYoon ChanEarth to the GalaxyJi-gu2016Horror Stories 3PZ3000

Teleserial YilNomiRol2014Bride of the CenturyChoi Kang-joo (yoshligi)4 Legendary WitchesMa Do-hyun (yoshligi)2015The DoctorsHong Ji-hong (oʻsmirligi)2016Shopping King Louie2017The GuardiansYoon Si-wan

Veb-seriallar YilNomiRolNotes2017Sweet RevengeShin Ji-hoon2019Lookism"Handsome" Tuo Wen Shuai/KrisXitoy tilidagi seriallar2022-presentAll of Us Are DeadLee Su-hyeok1-mavsumdan hozirgacha2022Third Person RevengeJi Soo-heon

Mukofotlar va nominatsiyalar + Taqdirlash marosimi Yil Turkum Nomzod Ishi Natija MBC Drama Awards 2017 Eng yaxshi yosh aktyor/aktrisa The Guardians

Manbalar

Havolalar

.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar