Charlie James Goode (1995-yil 3-avgustda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier Liganing „Brentford“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Fulham akademiyasining bitiruvchisi Goode oʻzining faoliyatini 2015-yilda Scunthorpe United jamoasi bilan boshlagan.
Klublardagi faoliyati
Erta faoliyati Goode oʻzining futboldagi faoliyatini hujumchi sifatida boshlaydi. Oʻz shahrining „Watford“ klubidagi mashgʻulotlardan soʻng, u 10 yoshida Fulham akademiyasiga qoʻshiladi va 2012-yilda (16 yoshida) akademiyadan ketadi. Goode Ligadan tashqari futbolga tushib qoladi va Harefield United U18 bilan bitta mavsum oʻtkazadi. 2013 va 2015-yillar oraligʻida Hadley, AFC Hayes va Hendon jamoalari bilan katta futboldagi birinchi tajribalarini qoʻlga kiritadi. U 2014-15-yilgi Hendon jamoasi bilan Isthmian Ligasi Premer-divizioni pley-off finaliga chiqadi va 2014-15-yilgi Isthmian Liga kubogi qoʻlga kiritadi.
Scunthorpe United 2015-yilning 10-iyunida Goode 1-liga klubi Scunthorpe Unitedga tekin transfer evaziga qo‘shiladi va bir yildan soʻng yana ikki yillik shartnoma imzolaydi. U Glanford Parkdagi toʻrt mavsum davomida oʻzini toʻliq koʻrsata olmaydi va 2019-yil iyul oyida boshqa jamoaga ijara asosida oʻtadi. Goode Scunthorpe United jamoasi safida jami 85 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urgan edi.
Northampton Town „Scunthorpe United“dagi qoniqarsiz natijasidan soʻng, 2019-yil 31-yanvarda Goode 2018-2019-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Northampton Townning Ikkinchi liga klubiga qo‘shiladi. Mavsumning qolgan qismida u 17 ta oʻyinda maydonga tushadi va 2019-yilning 3-iyulida klub bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik doimiy shartnoma imzolaydi. Goode 2019-2020-yilgi mavsumda jamoa sardori etib tayinlanadi va 2020-yilgi Liga 2 pley-off finalidagi gʻalaba qozonib, jamoasi bilan 1-ligaga chiqib oladi. Goode shu davrgacha jamoa safida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan edi. 2020-yil 18-avgust kuni Goode Northampton Townni tark etadi.
Brentford 2020-yil 18-avgust kuni Goode Chempionship klubi Brentford bilan nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Mads Bech Sørensen bilan markaziy himoya chizig‘ida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlish uchun raqobatlashayotgan Goode 2020-2021-yilgi mavsumning boshlarida deyarli maydon tushirilmaydi. Shuningdek, Goode mavsum oxirida toʻrtta oʻyinda maydonga tushadi, ammo Brentfordning 2021-yilgi EFL pley-off oʻyinlarida koʻrinish bermaydi. Final oʻyinida ham Goode zaxira oʻrindigʻida qolib ketadi va ushbu oʻyinda uning jamoasi Swansea City ustidan qozonadi.
Xalqaro faoliyati Goode 2015-yil 1-iyun kuni Angliya U21 va Irlandiya U21 terma jamoalari oʻrtasidagi o‘rtoqlik o‘yinining ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushib, Angliya terma jamaoasidaga yagona oʻyinini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti Goodening otasi va akasi ham futbolchi boʻlishgan. Goode Bushey Meads maktabida oʻqigan va Ligadan tashqari futboldagi faoliyati davomida oʻz oilasining biznesida ham ishlagan.
Faoliyatining statistikasi +KlubMavsumLigaFA kubogiEFL kubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHadley2013-14Spartan South Midlands League Premier Divizion4330―1083A.F.C. Hayes2014-15Southern League Division One Central12130―20171Hendon2014-15Isthmian League Premier Division262――100362Scunthorpe United2015-16Birinchi liga1013000111422016-17Birinchi liga2001010502702017-18Birinchi liga1312010301912018-19Birinchi liga213101020253Jami6457030111856Northampton Town (ijara asosida)2018-19Ikkinchi liga170―――170Northampton Town2019-20Ikkinchi liga363510040454Jami533510040624Brentford2020-21Championship801030001202021-22Premer-liga600020―80Jami140105000200Sheffield United (loan)2021-22Championship20――0020Faoliyatida jami175141918028123016
Yutuqlari Hendon
Isthmian Liga kubogi: 2014-15 Kattalar oʻrtasidagi London kubogi: 2014-15
Northampton Town
EFL League Two pley-off oʻyinlari: 2020
Brentford
EFL chempionati pley-off bosqichi: 2021
Individual
Harefield United U18 oʻyinchilari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012-13 Northampton Town futbolchilari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019-20 Liga Two PFA da Yil jamoasi: 2019-20
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari