„Tanlagandim men seni“ (shunchaki „Tanlagandim“ deb ham nomlanadi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1999-yil chiqarilgan „9-albom“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan. Qoʻshiqning akustik versiyasi ham mavjud. Shuningdek, 2019-yil qoʻshiqning remiksi eʼlon qilingan.

„Tanlagandim men seni“ qoʻshigʻi sol major tonalligida ijro etilgan. Taronaning akustik versiyasini Sodiqovning shogirdi Renat Sobirov oʻz YouTube kanalida kaver qilgan.

Manbalar

Havolalar (remiks) „Tanlagandim men seni“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Tanlagandim men seni“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Bolalar guruhi qoʻshiqlari Turkum:1999-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar