Shri Lanka yalqov ayigʻi Yala milliy bogʻiMuhofazalash holatiYoʻqolib ketish xavfi ostida „Sri Lankan Red List of 2012“ (PDF). cea.lk.Ilmiy tasnifi Olam:HayvonlarTip:XordalilarSinf:SutemizuvchilarOila:UrsidaeUrugʻ:MelursusTurlar:M. ursinusOstki turlar:M. u. inornatusTrinomial nomiMelursus ursinus inornatusPucheran, 1855Revue et Magasin de Zoologie 7 (3): 392 (J. Pucheran)

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/af/Sri_Lankan_sloth_bear_%28Melursus_ursinus_inornatus%29_male_head.jpg/220px-Sri_Lankan_sloth_bear_%28Melursus_ursinus_inornatus%29_male_head.jpg|thumb| Yala milliy bogʻida Shri-Lanka yalqov ayigʻi (Melursus ursinus inornatus) yalqov ayiqning kenja turi boʻlib, u asosan Shri-Lanka orolining pasttekislik maydonlaridagi quruq oʻrmonlarida uchraydi.

Ekologiya Shri-Lanka yalqov ayigʻi omnivor jonivor boʻlib, u yongʻoqlar, rezavorlar va ildizlar, shuningdek, oʻlaksalar va goʻsht bilan oziqlanadi. Uning asosiy isteʼmol mahsulotlaridan biri hasharotlar boʻlib, u uzun, tuksiz tumshugʻi bilan chirigan pdaraxt poʻstloqlarini olib tashlaydi va poʻstloq ostidago hashorotlarni yeydi. Shuningdek, u kamdan-kam hollardagina hayvonlarni oʻldiradi. Yalqov ayiq leopard bilan yaxshi chiqishib hayot kechiradi.

Muhofaza qilish holati Shri-Lankadagi yalqov ayiq katta xavf ostidagi jonivorlardan biri hisoblanadi, ularning umumiy soni 1000 tadan kam (yovvoyi populyatsiyasi 500 taga yetadi). Quruq zonadagi tabiiy oʻrmonlarni yoʻq qilinishi ayiqlarga qilinadigan asosiy tahdidlardan biridir, chunki Shri-Lankadagi boshqa yirik hayvonlardan farqli oʻlaroq, Shri-Lanka yalqov ayigʻi oziq-ovqat manbai oʻzi yashaydigan tabiiy oʻrmonlar tabiatiga bogʻliq. Yalqov ayiq va odam oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning koʻpayishi ham koʻplab nizolarga sabab boʻldi. Ushbu toʻqnashuvlarga odamlarning oʻlimi va jarohati, chorva mollarining nobud boʻlishi, mulkka zarar yetkazish va yovvoyi tabiatdan qasos olish maqsadida oʻldirish uslublari kiradi, bu esa odamlarning ushbu turdan qoʻrqishiga sabab boʻladi.

Madaniy ahamiyati Shri-Lankaning oʻziga xos yashash joyida bu ayiq sinhallarda valaha va tamil tilida karadi deb ataladi. Ikkala atama ham oʻzbek tiliga oddiygina „ayiq“ deb tarjima qilinadi.

Galereya

Yana qarang

Shri-Lankaning yovvoyi tabiati Yala milliy bog'i

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ayiqlar Turkum:Shri Lankaning endemik faunasi